Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Irakli Elaşvili Asakabank boşqaruvi raisi etib tasdiqlandi. U bunga qadar OTP Group tarkibiga kiruvçi Ipoteka bank boşqaruvi raisining örinbosari lavozimida işlagan. Bu haqda Asakabank matbuot xizmati xabar berdi.
Bank ma’lumotlariga köra, Elaşvili bank va moliya sohasida 20 yildan ortiq xalqaro iş tajribasiga ega. U 2002 yilda Tbilisi davlat universitetini tamomlagan, keyinçalik London Business Sçool‘da biznes boşqaruvi magistri (MBA) darajasini olgan.
Elaşvili turli yillarda Barclays Capital, TBC Capital, FINCA Bank va Alpha Capital Advisory kompaniyalarida faoliyat yuritgan. Bundan taşqari, Hamkorbank kuzatuv kengaşi a’zosi bölgan.
2024 yil dekabr oyida Elaşvili Ipoteka bank boşqaruvi raisining örinbosari etib tayinlangan edi. 2026 yil sentyabr oyida u uşbu lavozimni tark etdi.
Asakabank ma’lum qilişiça, yangi rais rahbarligida bank transformatsiya jarayonini davom ettiriş, korporativ boşqaruvni takomillaştiriş, operatsion samaradorlikni oşiriş va raqamli bank xizmatlarini rivojlantirişni rejalaştirmoqda.
Ustuvor yönalişlar qatorida moliyaviy barqarorlikni mustahkamlaş, mijozlarga xizmat körsatiş sifatini oşiriş, xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikni kengaytiriş va xususiylaştirişga tayyorgarlik köriş ham belgilangan.
Asakabank boşqaruvi raisi lavozimi uçun oçiq tanlovni 2026 yil 26 fevral kuni e’lon qilgan edi. Bankning 2023 yil fevral oyidan buyon uşbu lavozimda işlab kelgan sobiq rahbari Qudratilla Tölaganov şu oyda Toşkent şahrining Olmazor tumani hokimi etib tayinlangan.