Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekistonda 2026 yilning dastlabki töqqiz oyida suğurta mukofotlari hajmi 12,5 trln sömga yetdi. Bu ötgan yilning şu davridagi 9,8 trln sömlik körsatkiçdan 27,3 foizga köp. Bu haqda Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (ILMA) xabar berdi.
Hisobot davrida suğurta tölovlari 68,3 foizga ösib, 1 912,3 mlrd sömdan 3 219,6 mlrd sömga yetdi.
Umumiy suğurta sohasida 3 057,7 mlrd söm, hayot suğurtasi sohasida esa 161,9 mlrd söm tölov amalga oşirildi. Suğurta tölovlarining suğurta mukofotlariga nisbati 25,8 foizni taşkil etdi.
Suğurta taşkilotlarining ustav kapitali 23,1 foizga oşib, 3,6 trln sömdan 4,5 trln sömga yetdi. Tuzilgan şartnomalar soni esa 6,7 foizga köpayib, 9,0 mln tadan 9,6 mln taga yetdi.
Aholi jon boşiga töğri keladigan suğurta mukofotlari 315,3 ming sömni taşkil qildi. ILMAda bozorning asosiy körsatkiçlarida ijobiy ösiş sur’ati kuzatilayotgani qayd etildi.
Ayni paytda bozorda litsenziyaga ega 36 ta suğurta taşkiloti faoliyat yuritmoqda. Ularning 28 tasi umumiy suğurta, yettitasi hayot suğurtasi sohasida işlaydi, bitta taşkilot esa faqat qayta suğurtalaş bilan şuğullanadi. Ular 150 dan ortiq turdagi suğurta mahsulotlarini taklif etmoqda.