7
Özbekiston

Özbekiston va Gruziya migrantlar huquqlarini himoya qilişni kuçaytiradi

Özbekiston va Gruziya migrantlar huquqlarini himoya qilişni kuçaytiradi
Özbekiston va Gruziya migrantlar huquqlarini himoya qilişni kuçaytiradi / Foto: Özbekiston Taşqi işlar vazirligi.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston va Gruziya fuqarolarni migratsiya qonunçiligi, mamlakatga kiriş va unda böliş qoidalari haqida xabardor qiliş böyiça qöşma media-reja işlab çiqişga kelişib oldi. Bu haqda Özbekiston Taşqi işlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

12 noyabr kuni Özbekiston taşqi işlar vaziri örinbosari Olimjon Abdullayev Gruziya elçisi David Kotariya bilan uçraşdi. Tomonlar konsullik-huquqiy va migratsiya sohalaridagi hamkorlik masalalarini muhokama qildi.

Uçraşuvning asosiy mavzularidan biri Gruziyada bölib turgan Özbekiston fuqarolarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş böldi. Şuningdek, konsullik-huquqiy yordam mexanizmlarini takomillaştiriş hamda ikki mamlakat vakolatli organlarining özaro hamkorligi masalalari körib çiqildi.

Tomonlar fuqarolarni migratsiya qonunçiligi talablari, mamlakatga kiriş va unda böliş qoidalari haqida xabardor qilişga alohida e’tibor qaratdi. Noqonuniy migratsiyaning oldini oliş çoralari ham muhokama qilindi.

Muzokaralar yakunida qöşma media-reja tayyorlaş böyiça kelişuvga erişildi. U fuqarolar örtasida muntazam axborot va tuşuntiriş işlarini olib borişga qaratilgan.

Tomonlar ikki tomonlama konsullik maslahatlaşuvlari doirasida amaliy hamkorlikni va konstruktiv muloqotni davom ettirişga tayyor ekanliklarini tasdiqladi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.