Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Namangan viloyatining Yangiqörğon tumanida «Baliqköl – Iskovot» avtomobil yölidagi Bekabod soyi ustidan ötgan köprik rekonstruksiya qilinmoqda.
Loyiha qiymati 6,4 mlrd sömni taşkil etadi. Bu haqda Yangiqörğon tumani hokimligi axborot xizmati xabar berdi.
Namangan viloyati hokimi Şavkatjon Abdurazzoqov obyektdagi quriliş işlarining borişini közdan keçirdi. U loyihani amalga oşiriş sur’atlari va bajarilgan işlar bilan tanişdi. Şuningdek, mas’ullarga quriliş me’yorlariga rioya qiliş, xavfsizlikni ta’minlaş va işlarni belgilangan muddatlarda yakunlaş böyiça körsatmalar berdi.
Rekonstruksiya işlariga eski köprikning holati sabab bölgan.
Tuman hokimligi ma’lumotlariga köra, sel kelgan vaqtlarda avvalgi köprikdan harakatlaniş xavfli bölib, mahalliy aholi va transport vositalari uçun qiyinçiliklar tuğdirgan.
Loyiha uçun mablağlar Tabiiy ofatlar jamğarmasidan ajratilgan. Rekonstruksiyadan söng köprikning eni 12 metr, uzunligi esa 24 metrni taşkil etadi.
Ayni vaqtda transport harakati uçun aylanma yöl taşkil etilgan, eski köprik esa demontaj qilingan.
Quriliş maydonida 40 ta beton qoziq örnatilgan, köprik ostidagi asos tekislangan, armatura karkasi montaj qilingan va betonlaş işlari bajarilgan.