Iqtisod

Özbekistonda avtomobil gaz töldiriş şoxobçalari faoliyati vaqtinça çeklanişi mumkin

Özbekistonda avtomobil gaz töldiriş şoxobçalari faoliyati vaqtinça çeklanişi mumkin
Özbekistonda avtomobil gaz töldiriş şoxobçalari faoliyati vaqtinça çeklanişi mumkin / Foto: “Özbekneftgaz” AJ.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekistonda havo harorati pasayişi munosabati bilan aholi va ijtimoiy soha obyektlarini barqaror gaz bilan ta’minlaş zarurati tuğilsa, avtomobil gaz töldiriş kompressor şoxobçalari (AGTKŞ) faoliyati vaqtinça çeklanişi mumkin.

Çeklovlar hokimliklar bilan kelişilgan tasdiqlangan jadvallar asosida joriy etiladi. Iste’molçilar vaqtinçalik çoralar haqida oldindan xabardor qilinadi. Gaz taqsimotida xonadonlar, maktablar, bolalar boğçalari, şifoxonalar va boşqa ijtimoiy obyektlarga ustuvorlik beriladi.

Özgidromet ma’lumotlariga köra, 9–11 noyabr kunlari mamlakatda yomğir yoğişi, şimoliy va toğli hududlarda esa qor tuşişi kutilmoqda. Şimolda tungi harorat −7 darajagaça, boşqa hududlarning ayrim joylarida esa −1…−2 darajagaça pasayişi mumkin.

Sovuq kunlar yaqinlaşayotgani munosabati bilan Energetika vazirligi va tegişli taşkilotlar energiya ta’minoti barqarorligini ta’minlaş çoralarini körmoqda. Toşkent şahri va boşqa hududlarda ham isitiş mavsumiga tayyorgarlik işlari davom etmoqda.

Gaz bosimi va gaz ta’minoti bilan boğliq masalalar böyiça murojaat qiliş uçun 1104 qisqa raqami keça-yu kunduz işlaydi. Gaz tarmoqlarida avariya holatlari yuzaga kelganda 104 raqamiga qönğiroq qiliş lozim. Elektr energiyasidagi uzilişlar va elektr tarmoqlaridagi nosozliklar haqida 1154 raqami orqali xabar beriş mumkin. Murojaatlar çora köriş uçun mas’ul mutaxassislarga yönaltiriladi.

Tarmoqlarga noqonuniy ulaniş va energiya resurslaridan qonunga xilof ravişda foydalaniş holatlari haqida “Özenergoinspeksiya”ga +998 71 208-10-15 raqami orqali xabar beriş mumkin.

Idoralar sovuq kunlarda xavfsizlik qoidalariga rioya qiliş zarurligini ham eslatmoqda. Isitiş va gaz uskunalari, mörilar hamda ventilyatsiya kanallarining sozligini tekşiriş lozim. Nosoz uskunalardan foydalaniş yoki xonalarni gaz plitasi yordamida isitiş tavsiya etilmaydi, çunki bu is gazidan zaharlaniş xavfini keltirib çiqaradi.

Bundan taşqari, elektr simlari va rozetkalarga ortiqça yuklama tuşirmaslik, bir uzaytirgiçga bir neçta kuçli elektr jihozlarini ulamaslik hamda yoqilgan isitgiçlarni nazoratsiz qoldirmaslik tavsiya etiladi. Elektr energiyasi xarajatlari va tarmoqlarga tuşadigan yuklamani kamaytiriş uçun iste’molçilarga keraksiz elektr jihozlarini öçiriş, isitgiçlardan me’yorida foydalaniş va xonalarda issiqlikni saqlaş maslahat berilmoqda.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.