Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston delegatsiyasi Germaniyaga amalga oşirgan işçi taşrifi davomida davlat aktivlarini boşqariş, davlat korxonalari samaradorligini oşiriş, korporativ boşqaruvni rivojlantiriş va davlat yer resurslarini tasarruf etiş böyiça Germaniya tajribasini örganmoqda.
Taşrif milliy davlat mulkini boşqariş tizimini takomillaştirişda qöllaş mumkin bölgan amaliy mexanizmlarni örganişga qaratilgan.
Taşrifning birinçi kunidagi asosiy tadbirlardan biri Germaniya Federal moliya vazirligiga boriş böldi. Doktor Kristina Klass va GIZ loyihasi direktori doktor Bertold Folberg bilan uçraşuvda Özbekiston vakillari davlat aktivlarini boşqarişning institutsional tizimi hamda davlatning mulkdor sifatidagi vazifalarini amalga oşiriş mexanizmlari bilan tanişdi.
Kuzatuv kengaşlari faoliyati, ular a’zolarining vakolatlari va mas’uliyatini taqsimlaş, şuningdek, davlatning mulkdor sifatidagi funksiyalari bilan korxonalarni operativ boşqariş vazifalarini bir-biridan ajratiş masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Iştirokçilar Germaniya korporativ boşqaruv kodeksi (DCGK) tamoyillari va ularni Özbekiston davlat sektorini isloh qiliş jarayonida qöllaş imkoniyatlarini ham körib çiqdi.
Dastur doirasida delegatsiya Germaniya Federal köçmas mulkni boşqariş agentligi (BImA) vakillari bilan uçraşib, uning taşkiliy modeli hamda davlat köçmas mulkini samarali tasarruf etişga oid yondaşuvlarini örgandi.
Özbekiston Davlat aktivlarini boşqariş agentligi direktori Sohibjon Murodov Germaniya Federal transport vazirligining davlat uluşlari va aksiyadorlik iştirokini boşqariş bölimi rahbari doktor Andreas Kerst bilan ham alohida muzokaralar ötkazdi.
Germaniya tomoni Deutsçe Bahn AG va DB InfraGO AG kabi yetakçi transport kompaniyalarida davlat iştirokini boşqariş tajribasini, şuningdek, avtomobil, suv va temir yöl transporti, aeroport hamda yöl infratuzilmasi sohalaridagi korxonalar faoliyatini taqdim etdi.
Tomonlar transport sohasidagi davlat kompaniyalarini transformatsiya qiliş, korporativ boşqaruvni takomillaştiriş, moliyaviy va operatsion samaradorlikni oşiriş masalalarini muhokama qildi. Pullik avtomobil yöllarini boşqariş, jumladan, ularning faoliyatini taşkil etiş, moliyalaştiriş va ekspluatatsiya qiliş modellari ham alohida muhokama mavzusi böldi.
Muzokaralar yakunlari böyiça yaqin vaqt içida hamkorlik töğrisidagi bitimni tayyorlaş va imzolaşga kelişib olindi.
Uşbu bitim hamkorlikning asosiy yönalişlarini, jumladan, transport sohasidagi davlat korxonalarini isloh qiliş, korporativ boşqaruvni rivojlantiriş va mutaxassislar malakasini oşiriş masalalarini qamrab oladi.
Taşrifning yana bir yönalişi Germaniyaning davlat qişloq xöjaligi va örmon yerlarini boşqariş tajribasini örganişdan iborat böldi. Özbekiston delegatsiyasi uşbu yer aktivlarini boşqariş, ijaraga beriş va xususiylaştirişga ixtisoslaşgan BVVG (Bodenverwertungs- und -verwaltungs GmbH) davlat kompaniyasiga taşrif buyurdi.
Uçraşuv davomida BVVGning taşkiliy tuzilmasi, uning BImA va boşqa davlat muassasalari bilan hamkorligi, şuningdek, yerlarni xatlovdan ötkaziş, ularning iqtisodiy salohiyatini baholaş, ijaraga beriş va oçiq savdolarni taşkil etiş usullari körib çiqildi.
Germaniya modelida xususiylaştiriş mustaqil maqsad sifatida emas, balki yer resurslarini samarali boşqariş vositalaridan biri sifatida qaraladi. Bunda yerlardan oqilona foydalaniş, tadbirkorlikni rivojlantiriş va davlat aktivlaridan uzoq muddatli iqtisodiy samara oliş ustuvor vazifalar hisoblanadi.
Özbekiston tomoni yer resurslarini boşqarişda raqamli vositalar, xususan, VESTA tizimiga ham qiziqiş bildirdi. Uçraşuv iştirokçilari uning imkoniyatlari va BVVG faoliyatida qöllaniliş amaliyoti bilan tanişdi.
Özbekiston delegatsiyasining Germaniyaga taşrifi 5 noyabrga qadar davom etadi.
Safar davomida Germaniyaning davlat köçmas mulki va yer resurslarini boşqariş, şuningdek, xususiylaştiriş jarayonlarini taşkil etiş va ötkaziş tajribasini örganiş ham rejalaştirilgan.
Olingan bilim va tajribani Özbekistonda davlat aktivlarini boşqariş tizimini yana-da takomillaştirişda qöllaş közda tutilgan.