Texnologiyalar

IT Park Uzbekistan AQŞ ekspertlari bilan hamkorlikni muhokama qildi

IT Park Uzbekistan AQŞ ekspertlari bilan hamkorlikni muhokama qildi
IT Park Uzbekistan AQŞ ekspertlari bilan hamkorlikni muhokama qildi / Foto: IT Park Uzbekistan.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — IT Park Uzbekistan 4 noyabr kuni AQŞ Milliy manfaatlar markazi (CFTNI) va Jons Xopkins universitetining Ilğor xalqaro tadqiqotlar maktabi (JHU SAIS) delegatsiyasi bilan uçraşuv ötkazdi.

Tomonlar Özbekiston texnologik sektorini rivojlantiriş, IT-xizmatlar eksporti va xorijiy investorlarni jalb qiliş imkoniyatlarini muhokama qildilar.

Muzokaralarda IT Park Uzbekistan strategik rivojlaniş böyiça direktori Mahliyo Muksinova hamda CFTNI katta eksperti, JHU SAIS professori, AQŞ delegatsiyasiga rahbarlik qilgan Endryu Kaçins iştirok etdi.

IT Park Uzbekistan vakillari mamlakat texnologik sohasining imkoniyatlari, kadrlar salohiyati, soliq imtiyozlari va rezident kompaniyalarni davlat tomonidan qöllab-quvvatlaş çoralari haqida ma’lumot berdilar. IT-xizmatlar eksporti, xorijiy kompaniyalarni jalb qiliş, startaplar va texnologik infratuzilmani rivojlantiriş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

AQŞ delegatsiyasiga mahalliy va xorijiy kompaniyalar uçun maxsus huquqiy rejimni joriy etiş, qulay soliq va tartibga soliş şaroitlarini yaratişni nazarda tutuvçi Enterprise Uzbekistan loyihasi ham taqdim etildi.

Uçraşuv davomida AQŞ ekspertlari IT Park rezidentlari faoliyati, özbekistonlik mutaxassislarning malakasi, asosiy eksport bozorlari hamda mamlakatning xalqaro IT-biznes uçun raqobatbardoş ustunliklari bilan qiziqdilar.

Tomonlar Amerika tahlil markazlari va sohaviy taşkilotlar bilan hamkorlik qiliş istiqbollarini ham körib çiqdilar.

Jumladan, Özbekistonda texnologiyalar sohasining rivojlanişiga bağişlangan ekspert materiallarini tayyorlaş va mamlakatning investitsiyaviy imkoniyatlari haqidagi ma’lumotlarni AQŞda tarqatiş masalalari muhokama qilindi.

Muzokaralar yakunida iştirokçilar Özbekistonda amalga oşirilayotgan islohotlar, mamlakatning texnologik salohiyati va xorijiy investorlar uçun yaratilgan şaroitlar haqida ekspert baholari hamda ma’lumotlar almaşinuvini davom ettirişga kelişib oldilar.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.