Texnologiyalar

Yandex Uzbekistan 2026 yil oxirigaça Toşkentda robotlar orqali buyurtmalarni yetkazib beriş xizmatini yölga qöyişni rejalaştirmoqda

Yandex Uzbekistan 2026 yil oxirigaça Toşkentda robotlar orqali buyurtmalarni yetkazib beriş xizmatini yölga qöyişni rejalaştirmoqda
Yandex Uzbekistan 2026 yil oxirigaça Toşkentda robotlar orqali buyurtmalarni yetkazib beriş xizmatini yölga qöyişni rejalaştirmoqda / Foto: Yandex Uzbekistan.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) —2026 yil oxirigaça Toşkentda Yandex Lavka orqali oziq-ovqat mahsulotlari, tayyor taomlar va kundalik ehtiyoj tovarlarini avtonom robotlar yordamida yetkazib beriş xizmati yölga qöyilişi rejalaştirilmoqda. Ayni paytda Yandex Uzbekistan robotlarni zarur sinovlardan ötkazmoqda va ularni şaharda harakatlanişga tayyorlamoqda.

Robotlar uzunligi ikki kilometrgaça bölgan yönalişlarda işlaşi közda tutilgan. Yönalişlarni tanlaşda buyurtmani xizmat belgilagan muddatda yetkazib beriş imkoniyati ham hisobga olinadi. Foydalanuvçi buyurtma rasmiylaştirayotganida uning manzilga yetib keliş vaqti haqidagi ma’lumotni ilova orqali körişi mumkin böladi.

Robotlar piyodalar tezligida harakatlanadi va şahar muhitida mustaqil yönaliş topa oladi. Buning uçun ular lidar va ultratovuşli datçiklardan foydalanadi. Hisoblaş tizimi atrof-muhit haqidagi ma’lumotlarni qayta işlaydi, svetofor signallarini taniydi va obyektlar harakatini oldindan baholaydi. Bu robotlarga harakat yönalişini tanlaş, tösiqlarni aylanib ötiş va yölni piyodalar ötiş joylaridan kesib ötiş imkonini beradi.

Har bir robot oltita yetakçi ğildirak bilan jihozlangan. Ular balandligi 10 santimetrgaça bölgan bordyurlardan va notekis yöl qismlaridan ötişga yordam beradi. Yandex Uzbekistan ma’lumotiga köra, robotlar yomğirli ob-havoda ham harakatlana oladi.

Yöldagi aksariyat vaziyatlarni robotlar mustaqil ravişda hal qiladi. Nostandart holatlarda esa muammoni hal etişga masofadan turib boşqaruvçi operator jalb qilinadi. Kompaniya yölovçilarga robotlarni qölda kötariş yoki joyidan siljitişni tavsiya etmaydi. Qöllab-quvvatlaş xizmatiga murojaat qiliş uçun robot korpusiga QR-kod joylaştirilgan.

Pilot loyiha bosqiçidan keyin Yandex Uzbekistan robotlar orqali yetkazib beriş xizmatini bosqiçma-bosqiç kengaytirişni rejalaştirmoqda. Jumladan, robotlarni ekotizimning boşqa xizmatlariga ham jalb etiş va uşbu texnologiyani taşqi kompaniyalarga taklif qiliş közda tutilgan.

Loyiha tayyorlanayotgani haqida 2026 yil iyul oyida, Toşkent köçalarida robotlar közga taşlanganidan keyin ma’lum bölgandi. Öşanda kompaniya ular Yandex Lavka buyurtmalarini yetkazib beriş uçun sinovdan ötkazilayotganini tasdiqlagan.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.