Özbekiston

QS Asia 2027 reytingiga Özbekistonning 38 ta OTMi kirdi

QS Asia 2027 reytingiga Özbekistonning 38 ta OTMi kirdi
QS Asia 2027 reytingiga Özbekistonning 38 ta OTMi kirdi / Foto: QS Asia 2027.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — QS World University Rankings: Asia 2027 mintaqaviy reytingida Özbekistonning 38 ta oliy ta’lim muassasasi örin oldi. Ularning 15 tasi reytingda ilk bor iştirok etdi. Jami tadqiqotda Osiyoning 26 ta mamlakati va hududidan 1722 ta universitet qatnaşdi.

QS Quacquarelli Symonds ma’lumotlariga köra, Özbekistonning reytingdagi körsatkiçlari 17 foizga yaxşilangan.

Özbekiston oliy ta’lim muassasalari orasida eng yuqori natijani Toşkent irrigatsiya va qişloq xöjaligini mexanizatsiyalaş muhandislari instituti — Milliy tadqiqot universiteti (TIQXMMI-MTU) qayd etdi. U 113-örinni egalladi. Bir yil avval esa 103-poğonada edi.

Mirzo Uluğbek nomidagi Özbekiston Milliy universiteti 196-örindan joy oldi. Avvalgi reytingda universitet 180-örinni egallagan edi. Samarqand davlat universiteti esa natijasini sezilarli darajada yaxşilab, 307-örindan 215-poğonaga kötarildi.

Toşkent davlat iqtisodiyot universiteti 255-örinni egalladi. Bu ötgan yilgi 274-öringa nisbatan yaxşiroq natijadir. Toşkent davlat texnika universiteti esa 301-örindan 281-poğonaga kötarildi.

Namangan davlat texnika universiteti 469-örindan joy oldi. Avvalgi reytingda u 951–1000-örinlar oraliğida edi.

Özbekistonning boşqa oliy ta’lim muassasalaridan ham mintaqaviy reytingning kuçli 600 taligiga bir qator universitetlar kirdi. Jumladan, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toşkent axborot texnologiyalari universiteti 549-örinni, Toşkent davlat transport universiteti 553-örinni, Nizomiy nomidagi Özbekiston milliy pedagogika universiteti 578-örinni va Urganç davlat universiteti 590-örinni egalladi.

QS Asia reytingi universitetlarni 11 ta mezon asosida baholaş orqali şakllantiriladi. Uning metodologiyasi Osiyo mintaqasining öziga xos xususiyatlarini hisobga oladi hamda global QS World University Rankings reytingini tuzişda qöllaniladigan yondaşuvdan farq qiladi.

QS baholaşiga köra, Özbekiston universitetlari iş beruvçilar orasidagi nufuz, xorijiy öqituvçilar uluşi va talabalar almaşinuvi körsatkiçlari böyiça nisbatan yuqori natijalarni namoyiş etmoqda.

Şu bilan birga, eng murakkab yönalişlar ilmiy tadqiqotlar bilan boğliq bölib qolmoqda. Mamlakat universitetlari bir ilmiy maqolaga töğri keladigan iqtiboslar soni va bir nafar öqituvçiga töğri keladigan ilmiy naşrlar miqdori böyiça eng past baholarni olgan.

QS katta vitse-prezidenti Ben Sauterning ta’kidlaşiça, Özbekiston oliy ta’lim tizimi joriy reytingda eng jadal rivojlanayotgan tizimlar qatoriga kiradi. Uning sözlariga köra, oliy ta’lim sektori kölamining kengayişi, xalqaro hamkorlik aloqalarining köpayişi va ayrim universitetlar, xususan, Samarqand davlat universitetining natijalari sohadagi rivojlanişdan dalolat beradi.

Şu bilan birga, QS vakilining qayd etişiça, universitetlarning reytingdagi örnini yana-da yaxşilaş oliy ta’lim tizimi kölami va uning xalqaro maqsadlari kengayib borayotgan şaroitda ilmiy-tadqiqot salohiyatini mustahkamlaşga boğliq böladi.

Butun Osiyo reytingida birinçi örinni Gonkong universiteti saqlab qoldi.

Pekin universiteti ikkinçi örinda qoldi, Sinxua universiteti esa töqqiz poğona yuqorilab, uçinçi örinni egalladi. Kuçli yigirmatalikdan, şuningdek, Gonkong, materik Xitoy, Singapur, Janubiy Koreya va Malayziya universitetlari ham joy oldi.

Umuman, Markaziy Osiyo mamlakatlari reytingda 99 ta universitet bilan iştirok etdi.

Uşbu guruhga Özbekiston, Qozoğiston, Qirğiziston va Tojikiston oliy ta’lim muassasalari kiradi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.