Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Poytaxtimizda Ta’lim va ilm-fan vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlaniş agentligi tomonidan “Özgarayotgan dunyo uçun innovatsiyalar” şiori ostida taşkil etilgan “InnoWeek–2026” — xalqaro innovatsion ğoyalar haftaligi rasman oçildi. Uç kun davomida ilm-fan yutuqlari, zamonaviy texnologiyalar, istiqbolli işlanmalar va yangi biznes ğoyalar namoyiş etilib, mahalliy hamda xorijiy hamkorlar örtasida tajriba almaşiş va yangi loyihalarni yölga qöyiş uçun imkoniyatlar yaratiladi.
Haftalikning oçiliş marosimida Ta’lim va ilm-fan vazirining birinçi örinbosari Oybek Yöldoşev, vazirlik va idoralar rahbarlari, xorijiy davlatlarning diplomatik vakolatxonalari vakillari, oliy ta’lim muassasalari rektorlari va ilmiy tadqiqot taskilotlari rahbarlari, xalqaro hamda mahalliy ilmiy markazlar olimlari, texnologik soha ekspertlari, startap ekotizimi vakillari, yoş innovatorlar, ixtiroçilar, tadbirkorlar hamda investorlar iştirok etdi.
Oçiliş marosimida sözga çiqqanlar “InnoWeek” haftaligining ilmiy tadqiqotlar natijalarini işlab çiqarişga joriy etiş, qöşimça qiymat zanjirini yaratiş va mamlakatning innovatsion salohiyatini röyobga çiqarişdagi ahamiyatini ta’kidladi. Şuningdek, mamlakatimiz olimlari va ilmiy muassasalarining imkoniyatlaridan samarali foydalaniş, ilmiy izlanişlarni iqtisodiyotning real ehtiyojlariga yönaltiriş hamda zamonaviy texnologiyalarni özlaştiriş muhimligi qayd etildi.
Bu yilgi haftalik xalqaro iştirok kölami va namoyiş etiladigan işlanmalar xilma-xilligi bilan ajralib turadi. Unda Yaponiya, Xitoy, Janubiy Koreya, AQŞ, Kanada, Italiya, Buyuk Britaniya, Vengriya, Singapur, Germaniya, Fransiya, Şveysariya, Hindiston, Eron, Rossiya, Belarus, Ozarbayjon, Gruziya, Turkiya, Tojikiston, Turkmaniston, Qozoğiston va Qirğiziston kabi 30 dan ortiq davlatdan 200 nafarga yaqin vakil, 50 ga yaqin xalqaro kompaniya, oliy ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot markazlari, vençur fondlar, moliya taşkilotlari va boşqa hamkorlar iştirok etmoqda. Bu xalqaro ilmiy-texnologik aloqalarni kengaytiriş, ilğor tajribalarni örganiş va istiqbolli qöşma loyihalarni muhokama qiliş uçun muhim maydondir.
Haftalikning asosiy yönalişlaridan biri — innovatsion işlanmalar körgazmasi. 15 ming kvadrat metrdan ortiq maydonda taşkil etilgan körgazmada jami 265 ta eksponent, jumladan, 225 ta mahalliy va 40 ta xorijiy iştirokçi öz mahsulot va işlanmalarini taqdim etmoqda. Körgazma hududida 12 ta blok va 240 ta stend taşkil etilib, 750 ta innovatsion mahsulot namoyiş qilinmoqda.
Körgazmada oliy ta’lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot taşkilotlari, innovatsion tadbirkorlik subyektlari, spin-off kompaniyalar, yoş startapçilar, Yaşnobod texnoparki va hududiy yoşlar texnoparklari, Jahon bankining “MUNIS” loyihasi iştirokçilari, ixtiroçilar va ratsionalizatorlar öz işlanmalarini namoyiş etmoqda. Şuningdek, Xitoy, Janubiy Koreya, Yaponiya, Malayziya, Birlaşgan Arab Amirliklari, Eron, Germaniya, Vengriya va Qozoğiston vakillari öz texnologiyalari va innovatsion yeçimlarini taqdim etmoqda. Bu taşrif buyuruvçilarga mahalliy işlanmalar bilan tanişiş, xorijiy tajribani örganiş va yangi hamkorlik aloqalarini yölga qöyiş imkonini beradi.
Uç kun davomida haftalik dasturidan örin olgan jami 21 ta tadbir doirasida ilm-fan, innovatsion tadbirkorlik va xalqaro hamkorlikning turli yönalişlari qamrab olinadi. Xususan, 6 ta xalqaro va mahalliy forum, 5 ta taqdirlaş marosimi, 3 ta sessiya, 2 ta Demo Day, 2 ta taqdimot, 1 ta konferensiya hamda 2 ta ilmiy muloqot va davra suhbati ötkaziladi.
Tadbirlar doirasida olimlar, tadqiqotçilar, tadbirkorlar va investorlar örtasida töğridan-töğri muloqot yölga qöyilib, ilmiy işlanmalarni amaliyotga tatbiq etiş, ularni tijoratlaştiriş va yangi loyihalarni rivojlantiriş masalalari muhokama qilinadi.
Haftalikning yana bir muhim yönalişi — xalqaro biznes hamkorlikni rivojlantiriş. B2B uçraşuvlar orqali mahalliy korxonalar xorijiy kompaniyalar bilan aloqalar örnatiş, özaro manfaatli takliflarni muhokama qiliş va qöşma loyihalar böyiça dastlabki kelişuvlarga erişiş imkoniyatiga ega böladi. Bunday uçraşuvlar ilm-fan va işlab çiqariş örtasidagi aloqalarni mustahkamlaş, innovatsion mahsulotlarni bozorga olib çiqiş hamda xalqaro biznes aloqalarini kengaytirişga xizmat qiladi.
“InnoWeek–2026” doirasida ilmiy va ta’lim taşkilotlarining moddiy-texnik imkoniyatlarini kengaytirişga qaratilgan amaliy taşabbus ham amalga oşiriladi. Jumladan, oliy ta’lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot taşkilotlariga Koreyada işlab çiqarilgan, ekologik toza, siqilgan tabiiy gazda işlaydigan 50 ta traktor beğaraz topşiriladi.
Şuningdek, ilm-fan va innovatsiya sohasida samarali natijalarga erişgan olimlar, ixtiroçilar, tadqiqotçilar va yoş innovatorlarni rağbatlantirişga alohida e’tibor qaratiladi. Haftalik doirasida “Hududning eng yaxşi 100 ta innovatsion loyihasi”, “Eng yaxşi oliy ta’lim ixtiroçisi” va intellektual faoliyat yönalişidagi tanlovlar ğoliblari taqdirlanadi. Bundan taşqari, “Innovatsion ğoyalar yetakçisi” kökrak nişoni sohiblari e’tirof etiladi. Uşbu marosimlar ilmiy izlanişlar va yangi ğoyalarni qöllab-quvvatlaş, innovatsion faollikni oşirişga xizmat qiladi.
Haftalik taşrif buyuruvçilar, jumladan, talabalar va yoş ota-onalar uçun ham qiziqarli bölişi közda tutilgan. Şu maqsadd bolalar hududi, virtual sayohat imkonini beruvçi VR maydoni va innovatsion köngiloçar öyinlar taşkil etilgan. Natijada taşrif buyuruvçilar zamonaviy texnologiyalar bilan tanişiş bilan birga, ularning imkoniyatlarini interaktiv şaklda sinab körişlari mumkin.
“InnoWeek–2026” ilmiy ğoyalarni amaliy yeçimlarga aylantiriş, mahalliy işlanmalarni xalqaro maydonga olib çiqiş va ilm-fan bilan biznes örtasidagi hamkorlikni mustahkamlaşga qaratilgan. Haftalik olimlar, tadqiqotçilar, talabalar, yoş innovatorlar, startap asosçilari, tadbirkorlar va investorlar uçun yangi imkoniyatlar, hamkorlik aloqalari va istiqbolli loyihalar sari yöl oçadi.
Haftalik 29-oktabrga qadar davom etadi.