Sport

Otabek Umarov Xalqaro kuraş assotsiatsiyasi prezidenti lavozimiga nomzod etib körsatildi

Otabek Umarov Xalqaro kuraş assotsiatsiyasi prezidenti lavozimiga nomzod etib körsatildi
Otabek Umarov Xalqaro kuraş assotsiatsiyasi prezidenti lavozimiga nomzod etib körsatildi / Foto: Özbekiston Milliy olimpiya qömitasi.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Ostona şahrida bölib ötgan Xalqaro kuraş assotsiatsiyasining (XKA) XXII kongressi iştirokçilari Özbekiston Milliy olimpiya qömitasi raisining birinçi örinbosari Otabek Umarovni taşkilot prezidenti lavozimiga nomzod etib körsatişni bir ovozdan qöllab-quvvatladi. Assotsiatsiya rahbari saylovi 2027 yilda ötkazilişi rejalaştirilgan.

Kongress işida Özbekiston delegatsiyasi, jumladan, Sport vazirligi va Milliy olimpiya qömitasi vakillari iştirok etdi.

Yiğilişda sözga çiqqan Otabek Umarov Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev rahbarligida kuraşni rivojlantiriş va xalqaro miqyosda tarğib qiliş borasida amalga oşirilayotgan işlarga töxtaldi. Şavkat Mirziyoyev, şuningdek, Milliy olimpiya qömitasi raisi va Xalqaro kuraş assotsiatsiyasining faxriy prezidenti hisoblanadi.

Kongress iştirokçilari assotsiatsiyaning 2025–2026 yillardagi faoliyati yakunlarini körib çiqdi. Şuningdek, xalqaro hamkorlikni kengaytiriş, kuraşni jahon miqyosida rivojlantiriş va musobaqalarni ötkaziş tizimini takomillaştiriş masalalarini muhokama qildi.

Qozoğiston, Litva, Şri-Lanka, Iordaniya, Fransiya, Suriya, Şveysariya, Armaniston, Italiya, Avstraliya, Birlaşgan Arab Amirliklari va Bahrayn milliy federatsiyalari XKA tarkibiga qabul qilindi.

Bundan taşqari, delegatlar musobaqa qoidalariga özgartirişlar kiritiş, hakamlik tizimini rivojlantiriş va sportçilarning xalqaro reytingini takomillaştiriş masalalarini ham muhokama qildi.

Xalqaro kuraş assotsiatsiyasi rahbari böyiça yakuniy qaror taşkilotning 2027 yilda bölib ötadigan navbatdagi kongressida qabul qilinadi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.