Sport

Safonov va Batrakov Rossiya terma jamoasi tarkibiga kiritildi

Safonov va Batrakov Rossiya terma jamoasi tarkibiga kiritildi
Safonov va Batrakov Rossiya terma jamoasi tarkibiga kiritildi / Foto: UFA.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Fransiyaning «Pari Sen-Jermen» klubi darvozaboni Matvey Safonov va Turkiyaning “Galatasaroy” jamoasi yarim himoyaçisi Aleksey Batrakov Rossiya terma jamoasining noyabr oyidagi örtoqlik uçraşuvlari uçun yakuniy tarkibidan joy oldi.

Valeriy Karpin boşçiligidagi jamoa uçraşuvlardan birini Toşkentda Özbekiston milliy terma jamoasiga qarşi ötkazadi. Bu haqda Rossiya futbol ittifoqi (RFI) xabar berdi.

Özbekiston va Rossiya terma jamoalari örtasidagi uçraşuv 12 noyabr kuni Toşkentda bölib ötadi.

Rossiya terma jamoasi yana bir örtoqlik uçraşuvini 17 noyabr kuni Krasnodar şahrida Venesuela terma jamoasiga qarşi ötkazadi.

Xalqaro futbol federatsiyasining (FIFA) amaldagi reytingida Rossiya terma jamoasi 35-örinni egallab turibdi. Özbekiston 59-örinda, Venesuela esa 49-poğonadan joy olgan.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.