Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — 31 oktyabr kuni Buxoroda Yevropa Ittifoqining moliyaviy kömagida «Yaşil diplomatiya haftaligi — 2026» kampaniyasi doirasida Yaşil Uyim ekofestivali bölib ötadi.
Festival dasturidan ma’rifiy tadbirlar, interaktiv mahorat darslari, muhokamalar, ilmiy maşğulotlar va musiqiy çiqişlar örin olgan. Taşkilotçilar atrof-muhitni muhofaza qiliş masalalariga e’tiborni qaratiş va kundalik hayotda ekologik odatlarni ommalaştirişni maqsad qilgan.
Kattalar va yoşlar uçun asosiy dastur soat 12:00 da DJ çiqişi va sovrinlar öyini bilan boşlanadi. Soat 13:00 da imo-işora tili mutaxassisi E’zoza Ahmedova inklyuziv muloqot böyiça kiriş maşğulotini ötkazadi. Şundan söng iştirokçilar «Orzularimizdagi şahar» jamoaviy öyinida qatnaşişi mumkin.
Soat 15:00 da ekologik faol va festival taşkilotçisi Mötabar Xuşvaqtova plastik çiqindilar bilan muomala qiliş masalalariga bağişlangan «Plastik — muammomi?» interaktiv sessiyasini ötkazadi. Şu bilan bir vaqtda jurnalist va hujjatli filmlar muallifi, 2023 yilda Yevropa Ittifoqi Yoşlar maslahat kengaşi a’zosi bölgan Şahzoda Mirakova ingliz tilida ekofeminizm hamda iqlim özgarişining erkaklar va ayollarga ta’siri haqida muhokama taşkil etadi.
Musiqiy dastur soat 17:00 dan 18:00 gaça davom etadi. Mehmonlar oldida Özbekiston xalq artisti Mansur Toşmatov hamda «Kelajak bunyodkori» medali sohibi, Ovoz (The Voice Uzbekistan) televizion loyihasining ikkinçi mavsumi iştirokçisi Sevara Tölanova çiqiş qiladi.
Bolalar va ota-onalar uçun ilmiy tajribalar, robototexnika maşğulotlari, neyromotor könikmalarni rivojlantirişga qaratilgan öyinlar hamda bolani maktabga stresssiz tayyorlaş böyiça amaliy tavsiyalar tayyorlanadi.
Soat 13:00 dan 16:00 gaça taşrif buyuruvçilar ilmiy zonaga, ekologik mahsulotlar yarmarkasiga borişi, kitob almaşinuvida qatnaşişi va şaxmat öynaşi mumkin. Maxsus yiğiş punktlarida işlatilgan batareykalar, foydalanilgan ösimlik yoği, qoğoz, plastik paketlar va alyuminiyni topşiriş imkoniyati ham böladi.
Festival ekologik xabardorlikni oşiriş, iqlim taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş va barqaror rivojlanişni ilgari surişga qaratilgan «Yaşil diplomatiya haftaligi — 2026» kampaniyasi doirasida ötkazilmoqda. Taşkilotçilar tadbir iştirokçilarga uyda va öz jamoalarida atrof-muhitga salbiy ta’sirni kamaytirişning amaliy usullarini topişga yordam beradi, deb umid qilmoqda.
Ekofestival 31 oktyabr kuni Buxoro şahri, Tagbandbofon köçasi, 3-uyda joylaşgan Plove restoranida bölib ötadi. Asosiy dastur soat 12:00 dan 18:00 gaça, oçiq tadbirlar esa soat 13:00 dan 16:00 gaça davom etadi.