Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — InnoWeek–2026 xalqaro innovatsion ğoyalar haftaligi doirasida Janubiy Koreyaning TYM kompaniyasi ilmiy taşkilotlar, oliy ta’lim muassasalari va Yoşlar texnoparkiga siqilgan tabiiy gazda (KPG) işlaydigan 50 ta qişloq xöjaligi traktorini beğaraz topşirdi.
Texnika Özbekistonga 2022–2026 yillarda Koreya Respublikasi hukumati grant mablağlari hisobidan amalga oşirilayotgan loyiha doirasida olib kelindi.
Taqdimot marosimida ta’lim va fan vaziri örinbosari Mehriniso Pardayeva, qişloq xöjaligi vaziri örinbosari Jamşidjon Abduzuxurov hamda Koreya Respublikasining Özbekistondagi Favqulodda va Muxtor elçisi Von Do Yon iştirok etdi.
Notiqlar qişloq xöjaligida zamonaviy texnologiyalarni joriy etiş, ekologik toza texnikalardan foydalaniş va ikki mamlakat örtasidagi ilmiy-texnologik hamkorlikni kengaytiriş muhimligini ta’kidladilar.
Traktorlarni topşiriş Özbekiston uçun ekologik toza siqilgan tabiiy gaz asosida qişloq xöjaligi texnikasi platformasini yaratiş» loyihasining muhim bosqiçi böldi.
Loyiha Koreyaning rasmiy rivojlanişga kömaklaşiş (ODA) mablağlari hisobidan moliyalaştirilmoqda. Uni Koreya Texnologiyalarni rivojlantiriş instituti (KIAT), Innovatsion rivojlaniş agentligi va “Özavtosanoat” AJ amalga oşirmoqda.
Loyihaning maqsadi Özbekistonda qişloq xöjaligi texnikasini siqilgan tabiiy gazda işlaşga moslaştiriş, uşbu yönalişda ilmiy-tadqiqot markazini taşkil etiş va mahalliy muhandislik salohiyatini mustahkamlaşdan iborat.
Loyiha doirasida Çirçiq şahridagi “AgroTex” qişloq xöjaligi maşinasozligi klasteri hududida tadqiqot markazi uçun bino qurilişi yakunlandi. Markazni jihozlaş uçun umumiy qiymati 6,5 million AQŞ dollaridan ortiq bölgan zamonaviy uskunalar yetkazib berildi.
50 nafarga yaqin mahalliy mutaxassis Koreyaning yetakçi ilmiy-tadqiqot institutlari va işlab çiqariş korxonalarida ta’lim olib, malakasini oşirdi.
Koreya traktorlari TYM mutaxassislari iştirokida “AgroTex” klasteri hududida dala sinovlaridan ötkazildi. Bundan taşqari, ular Texnik jihatdan tartibga soliş agentligi huzuridagi Ilmiy sinovlar va sifat nazorati markazida ham tekşirildi. Sinovlar natijasida texnika tegişli sertifikatga ega böldi.
Loyihani 2026 yilda yakunlaş rejalaştirilgan.
Uning natijalari qişloq xöjaligi texnikasini ekologik toza yoqilğiga ötkaziş, yangi muhandislik yeçimlarini işlab çiqiş va ilmiy işlanmalarni amaliyotga joriy etişga xizmat qilişi kerak.