Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 2026 yil 21 oktyabrda imzolagan özbek tilining lotin yozuviga asoslangan alifbosining yangi varianti töğrisidagi qonun 2027 yil 22 apreldan kuçga kiradi.
Qonun kuçga kirguniga qadar çiqarilgan va alifboning avvalgi variantidagi harflar mavjud bölgan hujjatlar, milliy valyuta hamda qimmatli qoğozlar öz kuçini saqlab qoladi va muomalada bölişi mumkin.
Davlat organlari va taşkilotlarining eski ramzlari hamda atributlari, binolardagi davlat gerbining börtma tasvirlari, geografik obyektlar nomlari yozilgan peşlavhalar va körsatkiçlar, şuningdek, Vazirlar Mahkamasi belgilaydigan röyxatga kiritiladigan boşqa buyumlar va manbalardan ular yaroqsiz holga kelgunga qadar yoki qonunni amalga oşiriş böyiça maxsus dasturda belgilangan muddatgaça foydalanişga ruxsat beriladi.
Hukumatga uşbu dasturni ikki oy içida işlab çiqiş va tasdiqlaş vazifasi yuklatilgan.
Alifboning yangi varianti 28 ta harf va apostrofdan iborat böladi. Ş va Ç harf birikmalari, şuningdek, Ö va Ğ belgilarining örniga alohida Ş, Ç, Ö va Ğ harflari joriy etiladi. Ng birikmasi esa alifbodan çiqariladi. Avvalgi variantda 26 ta harf va uçta harf birikmasi qöllanilgan.
Özbek tili uçun lotin yozuvi 1993 yilda joriy etilgan. Dastlabki variant 33 ta harf va apostrofdan, şuningdek, diakritik belgili harflardan iborat bölgan. 1995 yilda harflarning bir qismi Ş, Ç, Ö, Ğ va Ng birikmalari bilan almaştirilgan, C harfi esa alifbodan çiqarilgan.
Kirill yozuvidan lotin yozuviga töliq ötişni 2000 yilga qadar yakunlaş rejalaştirilgan edi. Biroq hozirgaça Özbekistonda har ikki yozuv tizimidan ham foydalanib kelinmoqda.
2020 yil oktyabr oyida Prezident özbek tilini rivojlantiriş va til siyosatini takomillaştiriş töğrisidagi farmonni imzolagan. Unda lotin yozuviga ötiş jarayonini yakunlaş ham nazarda tutilgan edi.