Sport

Özbekiston U-15 terma jamoasi FIFA turnirida 42-örinni egalladi

Özbekiston U-15 terma jamoasi FIFA turnirida 42-örinni egalladi
Özbekiston U-15 terma jamoasi FIFA turnirida 42-örinni egalladi / Foto: ÖFA.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston ösmirlar futbol terma jamoasi (U-15) Ozarbayjonda bölib ötgan FIFA U-15 World Cup & Festival 2026 musobaqasidagi iştirokini yakunladi.

Guruh bosqiçida Özbekiston terma jamoasi Ganaga 1:4 hisobida mağlub böldi. Keyin esa Bagama orollari (6:1), Qozoğiston (2:0), Guam (6:0) va Myanma (4:0) terma jamoalari ustidan ğalaba qozondi.

Keyingi bosqiçda Özbekiston terma jamoasi Madagaskarga 1:4 hisobida yutqazdi. Şundan söng Gvatemala (4:1), Kosta-Rika (2:1) va Niger (4:3) jamoalarini mağlub etdi. Sönggi uçraşuvda esa Kot-d‘Ivuar terma jamoasiga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Musobaqa yakunlariga köra, Özbekiston U-15 terma jamoasi FIFAga a’zo 189 ta milliy futbol assotsiatsiyasi vakillari orasida 42-örinni egalladi.

Osiyo reytingida jamoa törtinçi natijani qayd etdi. Undan faqat Eron, Janubiy Koreya va Avstraliya terma jamoalari yuqori örinlarni egalladi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.