Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Yevropa tiklaniş va taraqqiyot banki (YTTB) avtomobil uçun rezina komponentlar işlab çiqaruvçi özbekistonlik Auto Rubber kompaniyasiga işlab çiqariş quvvatlarini kengaytiriş va mahsulotlar işlab çiqarişni mahalliylaştiriş uçun 10 mln dollargaça kredit ajratadi.
Kompaniya avtomobillar uçun rezina ziçlagiç tizimlari va texnik maqsadlarda qöllaniladigan boşqa rezina buyumlarini işlab çiqarişga ixtisoslaşgan. Bank mablağlari korxonani rivojlantiriş dasturini amalga oşirişga, jumladan, yarim tayyor mahsulotlar işlab çiqariş uçun yangi uskunalar örnatiş va rezina aralaşmalari işlab çiqariş liniyasini işga tuşirişga yönaltiriladi.
Loyihani amalga oşiriş Auto Rubber kompaniyasiga işlab çiqariladigan avtomobil komponentlari turlarini köpaytiriş va işlab çiqariş bazasini mustahkamlaş imkonini beradi.
Moliyalaştirişdan taşqari, YTTB kompaniyaga korporativ boşqaruvni takomillaştiriş va gender tengligini ilgari surişda ham kömaklaşadi. Jumladan, korxona uşbu yönalişlarga oid içki hujjatlar va qoidalarni işlab çiqiş hamda joriy etişni rejalaştirmoqda.
Loyiha Yaponiya va YTTB hamkorlik jamğarmasi mablağlari hisobidan grant yordami ham oladi.
Bank ma’lumotlariga köra, uning Özbekistonga kiritgan investitsiyalarining umumiy hajmi qariyb 7,3 mlrd dollarga yetgan. Mablağlar 219 ta loyihani amalga oşirişga yönaltirilgan bölib, ularning salmoqli qismi xususiy tadbirkorlikni qöllab-quvvatlaş bilan boğliq.