Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Prezident Şavkat Mirziyoyev Yangi Qarşi şahrini barpo qiliş hamda Qarşi magistral kanali böyida turizm majmuasini taşkil etiş loyihalari bilan tanişdi.
Yangi şahar uçun Samarqand – Ğuzor yönalişidagi A-378 hamda Şahrisabzga olib boruvçi 4R-79 avtomobil yöllari oraliğidagi 5200 gektar maydon tanlangan. Bu hudud past bonitetli, foydalanilmayotgan çöl va yaylov yerlaridan iborat. Dastlabki boş reja 500 ming aholiga möljallangan.
Davlatimiz rahbari şaharni istiqbolda 1 million aholi yaşaydigan, Qarşiga zamonaviy muqobil böladigan yirik markaz sifatida rejalaştiriş zarurligini ta’kidladi.
Yangi şaharga viloyat hokimligi va boşqa davlat idoralarini köçiriş közda tutilgan. Bu yerda kongress-xoll, konsert zallari va mehmonxonalar barpo etilib, Samarqand va Buxorodagi kabi yirik xalqaro forumlarni qabul qila oladigan turizm markazi şakllantiriladi.
Transport tarmoği şaharning boşqa hududlar bilan qulay boğlanişini ta’minlaşi kerak. Prezidentimiz aeroport va temir yöl vokzalini yangi şahar bilan tutaştiradigan elektr jamoat transporti, kerak bölsa, yerusti metro qatnovini yölga qöyiş kerakligini körsatib ötdi.
Taqdimotda Qarşi magistral kanali böyidagi turizm majmuasi loyihasi ham körib çiqildi. Uning doirasida uç kilometrlik sayilgoh taşkil etiş uçun 235 gektar yer ajratilgan. Loyiha tört bosqiçda amalga oşirilib, dastlab 30 gektarda hunarmandlar şaharçasi va turizm hududi barpo etiladi.
Majmuada mehmonxonalar, restoran va dökonlar, muzey, akvapark, bolalar öyin maydonçalari hamda qayiqlar suzişi uçun sun’iy köl qurilişi rejalaştirilgan.
Prezidentimiz yangi şahar va turizm majmuasining boş rejalarini nufuzli xorijiy loyihalaş va arxitektura kompaniyalarini jalb qilgan holda puxta işlab çiqiş, bunda xavfsizlik, qulaylik, hamyonboplik va “aqlli” şahar tamoyillariga tayanişga topşiriq berdi.