Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston va Xitoyning Xaynan provinsiyasi işbilarmonlik aloqalarini mustahkamlaş hamda qöşma savdo va investitsiya loyihalarini rivojlantirişga kelişib oldi. Bu haqda Özbekiston Savdo-sanoat palatasi matbuot xizmati xabar berdi.
Toşkentda «Xaynan erkin savdo porti — Toşkent bilan savdo-iqtisodiy almaşinuv» mavzusida biznes-forum bölib ötdi.
Tadbir Özbekiston Savdo-sanoat palatasi hamda Xitoy Xalqaro savdoga kömaklaşiş kengaşining Xaynan provinsiyasi qömitasi tomonidan taşkil etildi.
Unda ikki mamlakat vazirlik va idoralari vakillari, tadbirkorlar, investorlar hamda yuristlar iştirok etdi. Ular özaro manfaatli hamkorlikning istiqbolli yönalişlarini muhokama qildi.
Xitoy delegatsiyasiga Özbekistonda xorijiy investorlar uçun yaratilgan şart-şaroitlar, erkin iqtisodiy zonalar va texnoparklar faoliyati haqida ma’lumot berildi. Şuningdek, iştirokçilarga Toşkent xalqaro moliya markazi va IT Park rezidentlari imkoniyatlari taqdim etildi.
Xaynan vakillari qişloq xöjaligi mahsulotlarini qayta işlaş, maşinasozlik, yangi energetika va turizm sohalarida qöşma loyihalarni amalga oşirişga qiziqiş bildirdi.
Hainan NicePow Industry, Dehang va Huali kompaniyalari özlarining investitsiyaviy va işbilarmonlik takliflarini taqdim etdi.
Forum iştirokçilari qişloq xöjaligi mahsulotlarini yetiştiriş va qayta işlaş, sanoat kooperatsiyasi, eksport salohiyatini oşiriş hamda xalqaro savdoni rivojlantiriş masalalarini ham körib çiqdi. Tadbirkorlik faoliyatini huquqiy jihatdan qöllab-quvvatlaş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Uçraşuv yakunida Özbekiston Savdo-sanoat palatasi, Xitoy Xalqaro savdoga kömaklaşiş kengaşining Xaynan provinsiyasi qömitasi va Xaynan xalqaro savdo palatasi özaro anglaşuv memorandumini imzoladi.
Hujjat ikki tomonlama işbilarmonlik aloqalarini mustahkamlaş, tadbirkorlar örtasida töğridan-töğri aloqalarni kengaytiriş hamda yangi savdo va investitsiya loyihalarini rivojlantirişga qaratilgan.