Iqtisod

Toşkentda uy-joyni baholaş natijalari muhokamasi uzaytirildi

Toşkentda uy-joyni baholaş natijalari muhokamasi uzaytirildi
Toşkentda uy-joyni baholaş natijalari muhokamasi uzaytirildi / Foto: UzDaily.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Toşkentda köçmas mulkni ommaviy baholaşning birinçi bosqiçi dastlabki natijalarini jamoatçilik muhokamasi 4 dekabrga qadar uzaytirildi.

Şu tariqa, uy-joy mulkdorlarida belgilangan baholaş qiymatiga e’tiroz bildiriş yoki öz takliflarini yuboriş uçun yana 30 kun vaqt paydo böldi. Bu haqda Köçmas mulkni ommaviy baholaş milliy markazi rahbari örinbosari Feruz Sultonov ma’lum qildi.

Muhokama 5 sentyabrda boşlangan va dastlab 3 noyabrda yakunlanişi kerak edi. Birinçi bosqiçda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YAIDXP) orqali 721 632 nafar köçmas mulk mulkdoriga baholaş qiymati haqida xabarnoma yuborilgan.

Ulardan 380 525 nafari yoki 52,7 foizi xabarnomalar bilan tanişgan. Keyinçalik yana 584 343 nafar mulkdorga baholaş natijalari böyiça SMS-xabarlar yuborilgan.

5 noyabr holatiga köra, 11 035 nafar mulkdor baholaş natijalariga nisbatan öz munosabatini bildirgan. Ularning 5535 nafari (50,15 foizi) baholaşga rozilik bildirgan, 5500 nafari esa şikoyat yoki takliflarini yuborgan.

Jumladan, 1753 nafar mulkdor uy-joy qiymati bozor narxlariga nisbatan past baholangan deb hisoblagan, 3210 nafari esa uning qiymati yuqori belgilanganini bildirgan. Yana 273 nafar fuqaro kadastr hujjatlarida xatolar borligini ma’lum qilgan, 264 nafari esa qöşimça takliflar yuborgan.

Uy-joyning baholaş qiymatini YAIDXP yoki davreestr.uz köçmas mulk reyestri sayti orqali tekşiriş mumkin. Muhokamada iştirok etiş majburiy emas, baholaşning dastlabki natijalari esa öz-özidan huquqiy oqibatlarni keltirib çiqarmaydi. Şu bilan birga, Sultonovning sözlariga köra, mulkdor öz e’tirozlarini yubormasa, baholaş qayta körib çiqilmaydi va özgarişsiz qoladi.

U, şuningdek, baholaş qiymatining oşişi soliqlar ham avtomatik ravişda mutanosib ravişda köpayişiga olib kelişi haqidagi xavotirlarni asossiz deb atadi.

Toşkentdagi tajriba doirasida 600 mingdan ortiq kvartira va 215 mingta xususiy uy baholandi. Iqtisodiyot va moliya vazirligi ma’lumotlariga köra, kvartiralarning umumiy qiymati 426,7 trillion sömni taşkil etgan. Bu ularning kadastr qiymatidan qariyb 7,4 baravar köp. Xususiy uylar esa kadastr böyiça 39 trillion sömga baholangan bölsa, ommaviy baholaş natijasida ularning qiymati 587 trillion sömni taşkil etgan. Bu qariyb 15 baravar yuqori.

Vazirlik tafovutni amaldagi kadastr qiymatida yer uçastkalari qiymati töliq hisobga olinmasligi bilan izohladi. Ommaviy baholaşda xususiy uy yer, binolar va inşootlarni öz içiga olgan yagona obyekt sifatida körib çiqiladi.

Hisob-kitoblarda joylaşuv, yer uçastkasi va qurilmalar maydoni, qurilgan yil, qavatlar soni, quriliş materiallari, transport va ijtimoiy infratuzilma hisobga olinadi. Şuningdek, bozordagi takliflar, riyeltorlar ma’lumotlari va notarial tartibda rasmiylaştirilgan oldi-sotdi bitimlari tahlil qilinadi.

Köçmas mulkni ommaviy baholaş milliy markazi direktori Muhiddin Xolmurodov avvalroq baholaş natijalari mulkdorlar, banklar va investorlar uçun köçmas mulk bilan boğliq bitimlarda qöşimça möljal bölib xizmat qilişini ta’kidlagan edi. Uning sözlariga köra, bu mulkdorlarga bozor narxlarini yaxşiroq baholaş va uy-joyni haqiqiy qiymatidan arzon sotiş xavfini kamaytiriş imkonini beradi.

Iqtisodiyot va moliya vaziri örinbosari Ahadbek Haydarov ham ommaviy baholaş natijalarini joriy etiş soliq yukining mutanosib ravişda oşişiga olib kelmasligi kerakligini aytgan.

Uning sözlariga köra, vazirlik soliq stavkalarini bir neça baravar pasaytiriş böyiça takliflar tayyorlagan.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.