Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekistonda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi huzurida Qutqaruvçilar tayyorlaş texnikumi taşkil etiladi. Ta’lim muassasasi 2027/2028 öquv yilidan faoliyat boşlaydi. Bu 2026 yil 6 noyabrdagi 611-sonli Vazirlar Mahkamasi qarorida belgilangan.
Avvalroq texnikumni taşkil etiş 2026 yil 3 apreldagi PQ-123-son Prezident qarorida nazarda tutilgan edi.
Yangi hujjatda ta’lim muassasasi faoliyatini taşkil etiş tartibi va mutaxassislar tayyorlaşning asosiy yönalişlari belgilangan.
Texnikumga umumiy örta ta’lim muassasalari bitiruvçilari davlat granti va tölov-kontrakt asosida öqişga qabul qilinadi.
Ta’lim jarayonini boşlanğiç, örta va örta maxsus professional ta’lim dasturlari asosida taşkil etiş rejalaştirilgan.
Ta’lim muassasasining asosiy vazifalaridan biri favqulodda vaziyatlar organlari uçun zamonaviy kasbiy bilim va amaliy könikmalarga ega qutqaruvçilarni tayyorlaşdan iborat böladi.
Öqitiş sifatini oşiriş maqsadida nazariy va amaliy tayyorgarlikni uyğunlaştiriş közda tutilgan.
Buning uçun simulyatsion, imitatsion va virtual laboratoriyalar, şuningdek, bölajak mutaxassislar favqulodda vaziyatlarda işlaş könikmalarini maşq qilişi mumkin bölgan öquv poligonlarini taşkil etiş rejalaştirilmoqda.
2029 yildan boşlab texnikumning professional ta’lim yönalişlari bitiruvçilari orasidan favqulodda vaziyatlar organlari uçun kadrlar zaxirasi şakllantiriladi.