Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekistonlik boksçi Javohir Ummataliyev Angliyaning Mançester şahrida ispaniyalik Atakayte Santanani mağlub etib, professional ringdagi uçinçi ğalabasini qölga kiritdi.
Olti raundga möljallangan jang hakamlarning yakdil qarori bilan özbekistonlik sportçi foydasiga yakunlandi.
Jang Queensberry promouterlik kompaniyasi tomonidan taşkil etilgan professional boks oqşomi doirasida bölib ötdi.
Uşbu uçraşuvdan söng Ummataliyev mağlubiyatsiz seriyasini saqlab qoldi va professional faoliyatidagi natijasini 3 ta ğalaba va 0 ta mağlubiyatga yetkazdi.