Özbekiston

Özbekistonda ommaviy tadbirlar ötkazişning yangi qoidalari taklif etildi

Özbekistonda ommaviy tadbirlar ötkazişning yangi qoidalari taklif etildi
Özbekistonda ommaviy tadbirlar ötkazişning yangi qoidalari taklif etildi / Foto: UzDaily.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekistonda ommaviy tadbirlarni taşkil etiş va ötkaziş tartibini özgartiriş taklif qilindi. Hukumat qarori loyihasida elektron çiptalarni joriy etiş, xavfsizlik nazoratini kuçaytiriş, şuningdek, belgilangan qoidalarni buzgan şaxslarning bunday tadbirlarga kirişini vaqtinça çeklaş imkoniyati nazarda tutilgan.

Hujjatga köra, madaniy tadbirlar, köngiloçar dasturlar va sport musobaqalariga çiptalarni elektron şaklda sotiş rejalaştirilmoqda. Oçiq maydonlarda ötkaziladigan ayrim tadbirlar bundan mustasno bölişi mumkin.

Loyiha, şuningdek, çiptalarni belgilangan narxdan qimmatga qayta sotiş, qalbakilaştiriş va ulardan takroran foydalanişning oldini olişga qaratilgan.

Doimiy örindiqlar bölmagan oçiq maydonlarda ötkaziladigan tadbirlar uçun iştirokçilarni joylaştiriş ziçligi me’yorini belgilaş taklif etilmoqda. Umumiy qoidaga köra, bir kvadrat metr maydonga bir nafardan ortiq odam töğri kelmasligi kerak.

Qoidalarni buzgan şaxslarga nisbatan ham alohida çoralar nazarda tutilgan. Xususan, sud belgilangan taqiqlarni buzgan şaxslarning ommaviy tadbirlarga kirişini vaqtinça çeklaşi mumkin. 2027 yildan boşlab bunday fuqarolarning elektron hisobini yuritiş rejalaştirilmoqda.

Bundan taşqari, şaxsini aniqlaş imkonini bermaydigan darajada yuzini berkitgan holda ommaviy tadbirlarda böliş taqiqlanişi taklif etilmoqda. Bunda alohida istisnolar belgilanadi.

Fuqarolar oqimi, iştirokçilar soni va odamlar töplaniş ziçligini nazorat qiliş uçun uçuvçisiz uçiş apparatlaridan foydalaniş közda tutilgan.

Hujjatda fuqarolarni tovarlarni bepul tarqatiş yoki ularni haddan taşqari arzonlaştirilgan narxlarda sotiş orqali ommaviy tadbirlarga jalb qiliş ham taqiqlanişi belgilangan.

Ommaviy tadbirlar ötkaziladigan obyektlarni xavfsizlik talablariga muvofiqligi yuzasidan yiliga kamida bir marta tekşiriş taklif etilmoqda.

Loyihaga muvofiq, ommaviy tadbirlarda jamoat xavfsizligini ta’minlaş böyiça içki işlar organlari, Milliy gvardiya, favqulodda vaziyatlar tizimi va soğliqni saqlaş organlari xizmatlari pullik asosda körsatiladi. Ayni paytda ayrim istisnolar ham nazarda tutilgan.

Şu bilan birga, saylovoldi taşviqoti bilan boğliq tadbirlar va köçma sirk tomoşalarini ötkaziş uçun ruxsatnoma oliş talab etilmaydi. Taşkilotçilar ularni ötkazişdan kamida 10 iş kuni oldin vakolatli organni xabardor qilişi kerak böladi.

Takliflar muhokama uçun regulation.adliya.uz portalida e’lon qilingan Hukumat qarori loyihasida keltirilgan. Hozirça uşbu qoidalar taşabbus hisoblanadi va hujjatni körib çiqiş natijalariga köra özgarişi mumkin.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.