Sport

Toşkent hokimligi “Paxtakor”ga 5 mlrd söm ajratadi

Toşkent hokimligi “Paxtakor”ga 5 mlrd söm ajratadi
Toşkent hokimligi “Paxtakor”ga 5 mlrd söm ajratadi / Foto: Toşkent şahar hokimligi.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Toşkent şahar hokimi Şavkat Umurzoqov 2026 yil 29 oktyabr kuni “Paxtakor” futbol klubiga 5 mlrd söm ajratiş töğrisidagi qarorni imzoladi. Mablağ poytaxt hokimligi huzuridagi Şaharni rivojlantiriş jamğarmasi hisobidan moliyalaştiriladi.

Qarorga muvofiq, mablağlar «FK “Paxtakor” MÇJga klubning tasdiqlangan xarajatlar smetasiga muvofiq xarajatlarni qoplaş uçun yönaltiriladi.

Mablağ ajratişga hokimning yoşlar siyosati, ijtimoiy rivojlaniş va ma’naviy-ma’rifiy işlar böyiça örinbosari, şuningdek, Toşkent şahar hokimligi huzuridagi «Munitsipal aktivlarni boşqariş markazi» DUK taklifi asos bölgan.

Qarorga köra, hokimning moliya, iqtisodiyot va kambağallikni qisqartiriş masalalari böyiça birinçi örinbosari Davletiyar Xudaybergenovga «Toşkent Invest kompaniyasi» AJ kuzatuv kengaşi muhokamasiga klubga 5 mlrd söm ötkaziş töğrisidagi taklifni kiritiş topşirildi. Şuningdek, unga kompaniya bilan birgalikda uşbu mablağning Toşkentni rivojlantiriş jamğarmasi hisobidan ajratilişini ta’minlaş vazifasi yuklatildi.

Ahadim Razzoqov rahbarlik qilayotgan Munitsipal aktivlarni boşqariş markaziga ajratilayotgan mablağlar hisobidan ustav fondidagi uluşini oşiriş va mablağlardan maqsadli foydalanilişini ta’minlaş topşirildi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.