Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Samarqand şahri 2027 yilda Jahon ulgurji bozorlar ittifoqining (WUWM) xalqaro konferensiyasi va Boş assambleyasiga mezbonlik qiladi.
Özbekiston tarixda ilk bor uşbu tadbirlarni ötkaziş maydoniga aylanadi. Bu haqda mamlakat Savdo-sanoat palatasi xabar berdi.
6 noyabr kuni Xitoyning Tyanszin şahrida WUWM prezidenti Stefan Layani taşkilot bayroğini Özbekiston Savdo-sanoat palatasi raisining örinbosari Şerzod Ibragimovga tantanali ravişda topşirdi.
Jahon ulgurji bozorlar ittifoqi beş qit’adagi 40 dan ortiq mamlakatdan 220 ga yaqin iştirokçini birlaştiradi. Ularning qatoriga ulgurji bozorlar, milliy tarmoq assotsiatsiyalari va kompaniyalar kiradi. Taşkilot ma’lumotlariga köra, uning a’zolari orqali dunyoda iste’mol qilinadigan yangi meva va sabzavotlarning qariyb yarmi ötkaziladi.
WUWM, şuningdek, BMTning Oziq-ovqat va qişloq xöjaligi taşkiloti (FAO) hamda BMTning Aholi punktlari böyiça dasturi — UN-Habitat bilan özaro anglaşuv memorandumlari asosida hamkorlik qiladi.
Avvalgi yillarda taşkilot konferensiyalari Abu-Dabi, Yoxannesburg, Bryussel, Rimini, Bangkok, Kankun va Tyanszin şaharlarida ötkazilgan. 2027 yilda uşbu röyxatga Samarqand ham qöşiladi.
Özbekistonning tadbirga mezbon davlat sifatida tanlanişi mamlakat agrar salohiyati bilan boğliq. Mamlakatda har yili 23 million tonnadan ortiq meva-sabzavot yetiştiriladi. 2025 yilda uşbu mahsulotlar eksporti 2,1 milliard dollarlik 2,2 million tonnani taşkil etdi. Natural hajmdagi yetkazib berişlar ötgan yilga nisbatan 36,9 foizga oşdi. Bugungi kunda Özbekistonning yangi meva-sabzavot mahsulotlari 73 ta mamlakatga eksport qilinmoqda.
FAO ma’lumotlariga köra, Özbekiston örik yetiştiriş böyiça dunyoda ikkinçi örinni egallaydi.
Konferensiya dasturidan yalpi majlislar, WUWM Boş assambleyasini ötkaziş, ulgurji bozorlar, boğlar va agrologistika majmualariga texnik taşriflar, şuningdek, mahalliy eksportyorlar bilan işbilarmonlik uçraşuvlari örin olgan.
Tadbirni Özbekistonda ötkaziş 2024 yil 1 apreldagi PQ-146-son Prezident qarorida nazarda tutilgan.