Iqtisod

Xitoy kompaniyalari Özbekistonda işlab çiqarişni yölga qöyiş imkoniyatlarini örganmoqda

Xitoy kompaniyalari Özbekistonda işlab çiqarişni yölga qöyiş imkoniyatlarini örganmoqda
Xitoy kompaniyalari Özbekistonda işlab çiqarişni yölga qöyiş imkoniyatlarini örganmoqda / Foto: Özbekiston Savdo-sanoat palatasi.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Xitoyning Şandun provinsiyasidan kelgan tadbirkorlar Özbekistonda bir qator sohalar, jumladan, töqimaçilik sanoati, energetika va maşinasozlik yönalişlarida işlab çiqarişni taşkil etiş imkoniyatlarini körib çiqmoqda.

Bu masalalar Özbekiston Savdo-sanoat palatasi raisining örinbosari Akmaljon Mamajonovning Şandun provinsiyasi tadbirkorlarining investitsiyalarga kömaklaşiş assotsiatsiyasi delegatsiyasi bilan uçraşuvida muhokama qilindi.

Uşbu assotsiatsiya provinsiyaning 16 ta şahrida faoliyat yurituvçi 500 dan ortiq yetakçi kompaniyani birlaştiradi. Delegatsiya tarkibidan kömir savdosi, töqimaçilik sanoati, metall va metall buyumlar işlab çiqariş, yangi materiallar hamda sun’iy intellekt sohalarida faoliyat yurituvçi korxonalar vakillari örin oldi.

Jumladan, Xiaorun Group kompaniyasi Markaziy Osiyo bozorini örganiş va Özbekistonda çodirlar işlab çiqariş zavodini quriş taklifini ilgari surdi.

Savdo-sanoat palatasida bunday mahsulotlarga talab mavjudligi tasdiqlandi hamda sanoat parki hududidan mos yer maydonini tanlaşda kömaklaşişga tayyorlik bildirildi.

Muzokaralarda töqimaçilik sanoatiga ham alohida e’tibor qaratildi. Xitoylik tadbirkorlarning ip-kalava xarid qilişga qiziqişini inobatga olib, ularga uşbu mahsulotni bevosita Özbekistonda işlab çiqarişni yölga qöyiş taklif etildi.

Şuningdek, kompaniyani mamlakatdagi eng yirik ip-kalava işlab çiqaruvçilardan biri bilan taniştiriş böyiça kelişuvga erişildi.

Bundan taşqari, tomonlar kömirni qayta işlaş böyiça boyitiş fabrikasini quriş, quyoş panellari işlab çiqarişni mahalliylaştiriş, poligrafiya materiallarini yetkazib beriş, elektromobillar uçun quvvatlaş stansiyalarini taşkil etiş va qişloq xöjaligi texnikasini yiğiş sohalaridagi ehtimoliy hamkorlikni muhokama qildi.

Uçraşuv yakunida Xitoy delegatsiyasi 29 noyabrdan 5 dekabrga qadar Toşkentda bölib ötadigan «Yangi Özbekiston — global imkoniyatlar çorrahasi» xalqaro forumida iştirok etişga taklif qilindi.

Tomonlar muhokama qilingan loyihalarni amaliy jihatdan işlab çiqişni davom ettiriş va özaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirişga kelişib oldi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.