Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — 12 noyabr kuni Toşkentda Xitoyning Xaynan provinsiyasi işbilarmon doiralari vakillari iştirokida biznes-forum bölib ötadi.
Tadbirda Xitoyning 12 ta kompaniyasi va taşkiloti vakillari qatnaşadi. Bu haqda Özbekiston Savdo-sanoat palatasi xabar berdi.
Forum JW Marriott Hotel Taşkent mehmonxonasida ötkaziladi.
Unda iştirokçilar qişloq xöjaligi va oziq-ovqat sanoati, quyoş energetikasi va yaşil texnologiyalar, sanoat uskunalari işlab çiqariş, robototexnika, tibbiyot hamda raqamli texnologiyalar sohalaridagi hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qiladi.
Şuningdek, kun tartibidan qadoqlaş materiallari va töqimaçilik mahsulotlari işlab çiqariş, logistika, investitsiyalar va xalqaro savdo sohalaridagi hamkorlik masalalari ham örin olgan.
Özbekistonlik tadbirkorlar Xitoy kompaniyalari bilan B2B formatida muzokaralar ötkaziş, investitsiyalarni jalb qiliş, qöşma korxonalar taşkil etiş va işlab çiqariş loyihalarini yölga qöyiş masalalarini muhokama qiliş imkoniga ega böladi.
Taşkilotçilar uçraşuv ikki mamlakat kompaniyalari örtasida uzoq muddatli işbilarmonlik aloqalarini örnatişga xizmat qilişini kutmoqda.