Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Toşkent şahri va Toşkent viloyatida huquqni muhofaza qiluvçi organlar tomonidan giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasi bilan şuğullangan guruh faoliyatiga çek qöyildi.
Tezkor-qidiruv tadbirlari davomida 550 gramm gaşiş, 100 gramm mefedron va 2 kilogramm opiy ekstrakti musodara qilindi. Özbekiston Içki işlar vazirligi ma’lumotlariga köra, operatsiya natijasida giyohvandlik moddalarining aholi orasida tarqatilişi mumkin bölgan 26,3 ming dozasining oldi olindi.
Operatsiya «Xavfsiz va soğlom mamlakat» keng kölamli tezkor-profilaktik tadbirlar oyligi doirasida ötkazildi. Unda IIV Tezkor-qidiruv faoliyati departamenti va Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari iştirok etdi.
Dastlabki tadbirlar Toşkent şahrining Sergeli tumanida ötkazildi. U yerda giyohvandlik vositalari savdosi bilan boğliq jinoiy sxemada ombor xodimlari vazifasini bajargan guruh a’zolari qölga olindi. Ular Matiz avtomobilida giyohvandlik moddalarini yaşirin joylarga qoldiriş, ya’ni “zakladka” usuli orqali tarqatgan.
1996 va 1999 yillarda tuğilgan er-xotin hamda ularning 2000 yilda tuğilgan şerigidan gaşiş solingan 50 ta alohida öram olib qöyildi. Ularning Çilonzor tumanida ijaraga olgan uyi közdan keçirilganda, yana 450 gramm gaşiş, 100 gramm mefedron, 1 000 ta zip-paket, ikkita elektron tarozi va izolyatsiya lentalari aniqlandi.
Şundan söng tezkor tadbirlar Toşkent viloyatining Qibray tumanida davom ettirildi. U yerda avval talonçilik va firibgarlik jinoyatlari uçun sudlangan, tergov ma’lumotlariga köra, giyohvandlik vositalarini yaşirin joylarga qoldiriş bilan şuğullangan erkak aniqlandi. Uning avtomobili “Qoramurt” YPX maskanida tekşirilganda, gaşiş topildi.
Operatsiyaning keyingi bosqiçi poytaxtning Mirzo Uluğbek tumanida ötkazildi. Uyuşgan guruhning gumon qilinayotgan a’zolari bölgan turar joyda ikkita plastik idişda 2 kilogramm opiy ekstrakti, 40 gramm gaşiş, elektron tarozi, 1 000 ta zip-paket, giyohvandlik vositalarini tayyorlaş uçun möljallangan metall idiş va boşqa uskunalar aniqlandi.
IIV ma’lumotlariga köra, qölga olinganlar orasida muqaddam sudlangan şaxslar ham bölgan. Ularning biri, 1987 yilda tuğilgan şaxs, giyohvandlik vositalari savdosiga ixtisoslaşgan internet-dökonni boşqariş bilan şuğullangan. Uning şerigi ham avval bir neça bor jinoiy javobgarlikka tortilgan.
Mazkur holat yuzasidan Özbekiston Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat işi qözğatildi. Tergov guruh faoliyati va uning barça iştirokçilariga oid holatlarni aniqlaşga qaratilgan.
IIV fuqarolarni giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasi bilan boğliq şubhali şaxslar va holatlar haqida STOPNARKO Telegram-boti orqali xabar berişga çaqirdi.
Vazirlikda ta’kidlanişiça, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar bilan boğliq jinoyatlarning oldini olişga qaratilgan tezkor-profilaktik tadbirlar mamlakat böylab davom etmoqda.