Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekistonning Jidda şahridagi Boş konsuli Sirojiddin Şamsutdinov Madina mintaqasi amiri şahzoda Salmon bin Sulton Ol Saud bilan uçraşdi. Tomonlar savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar va turizm sohalarida mintaqalararo hamkorlikni kengaytiriş istiqbollarini muhokama qildi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.
Uçraşuv davomida Saudiya tomoni Özbekiston va Saudiya Arabistoni örtasidagi döstona munosabatlar rivojlanib borayotganini ta’kidladi.
Şuningdek, Madinadagi quriliş loyihalarida iştirok etayotgan, sanoat va umumiy ovqatlaniş sohalarida öz biznesini rivojlantirayotgan özbekistonlik tadbirkorlarning faoliyati ijobiy baholandi.
Muzokaralarda ziyorat turizmi masalasiga ham alohida e’tibor qaratildi. Jumladan, Umra va ziyoratni amalga oşiriş uçun Madinaga taşrif buyuradigan Özbekiston fuqarolariga qulay şaroitlar yaratiş masalalari körib çiqildi. Bundan taşqari, özaro manfaatli qöşma loyihalarni amalga oşiriş imkoniyatlari muhokama qilindi.
Şahzoda Salmon bin Sulton Özbekiston bilan hamkorlikni yana-da kengaytirişdan manfaatdor ekanini tasdiqladi hamda tomonlar örtasidagi savdo-iqtisodiy va madaniy aloqalarni mustahkamlaşga qaratilgan taşabbuslarni qöllab-quvvatlaşga tayyorligini bildirdi.