Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 2026/2027 yillar isitiş mavsumida aholini qöşimça ijtimoiy qöllab-quvvatlaş hamda yoqilği-energetika sohasida bozor mexanizmlariga bosqiçma-bosqiç ötiş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisidagi farmonni imzoladi.
2026 yil 28 oktyabrda qabul qilingan hujjat ehtiyojmand oilalarga bir martalik moddiy yordam tölaş, davlat yordamini taqdim etiş mezonlarini kengaytiriş va amaldagi kompensatsiya mexanizmlari muddatini uzaytirişni nazarda tutadi.
2026 yil noyabr oyida bir qator toifadagi fuqarolarga 1 mln söm miqdorida bir martalik moddiy yordam beriladi.
Birinçi navbatda, uşbu tölovlar Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarga möljallangan. Şuningdek, reyestrga kiritilmagan, ammo «mahalla yettiligi» xulosasi asosida belgilangan ehtiyojmandlik mezonlariga javob beradigan xonadonlar ham yordam oliş huquqiga ega böladi.
Bu toifaga jon boşiga töğri keladigan örtaça daromadi minimal iste’mol xarajatlarining ikki baravaridan oşmaydigan oilalar kiradi. Markazlaşgan isitiş tizimiga ulangan köp kvartirali uylarda yaşovçi oilalar uçun alohida çegara belgilangan: Qoraqalpoğiston Respublikasi va viloyatlarda bir kişi hisobiga ikki minimal iste’mol xarajatidan, Toşkent şahrida esa uç minimal iste’mol xarajatidan oşmasligi kerak.
Daromadi belgilangan me’yordan yuqori bölgan ayrim ehtiyojmand oilalar ham tuman yoki şaharlarda barqaror iş örinlarini yaratiş va aholi daromadlarini oşiriş böyiça ştablar tegişli qaror qabul qilgan taqdirda, yordam olişi mumkin.
Yordam oluvçilar qatoriga yolğiz yaşovçi, özgalar parvarişiga muhtoj bölgan va tegişli reyestrga kiritilgan keksalar hamda nogironligi bölgan şaxslar ham kiritilgan. Şuningdek, ota-ona qaramoğidan mahrum bölgan yetim bolalar va bolalar tarbiyalanayotgan oilalarga ham tölovlar nazarda tutilgan.
Farmon bilan bir qator ijtimoiy yordam turlarini taqdim etiş mezonlari ham kengaytirildi. Xususan, elektr energiyasi va tabiiy gaz xarajatlari uçun kompensatsiya tayinlaşda jon boşiga töğri keladigan eng yuqori daromad çegarasi minimal iste’mol xarajatlarining bir yarim baravaridan ikki baravariga oşirildi.
Kömir xarid qiliş uçun yordam olişda daromad çegarasi minimal iste’mol xarajatlarining bir baravaridan ikki baravariga kötarildi. «Saxovat va kömak» jamğarmasi hisobidan körsatiladigan yordam uçun ham xuddi şunday özgariş belgilandi. Uşbu jamğarma mablağlari kommunal xizmatlar böyiça qarzdorlikni qoplaş, joriy xarajatlarni tölaş va yoqilği sotib olişga yönaltirilişi mumkin.
Bundan taşqari, ayrim ijtimoiy qöllab-quvvatlaş çoralarining amal qiliş muddati uzaytirildi. Elektr energiyasi va tabiiy gazning bazaviy hamda oşirilgan tariflari örtasidagi farqni qoplaş uçun kompensatsiya tölaş 2028 yil 1 aprelgaça davom ettiriladi.
Kömir xarid qiliş xarajatlarining bir qismini qoplaş uçun moddiy yordam tölaş muddati esa 2029 yil 1 yanvargaça uzaytirildi.
Kutilişiça, farmonda belgilangan çora-tadbirlar kam daromadli oilalarni ijtimoiy qöllab-quvvatlaş qamrovini kengaytiriş va energetika sohasida bozor tariflariga ötiş oqibatlarini yumşatiş imkonini beradi.