Özbekiston

Özbekiston FVV akademiyasi Zagreb universiteti bilan hamkorlikni kengaytiradi

Özbekiston FVV akademiyasi Zagreb universiteti bilan hamkorlikni kengaytiradi
Özbekiston FVV akademiyasi Zagreb universiteti bilan hamkorlikni kengaytiradi / Foto: UzDaily.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasi va Zagreb universiteti mutaxassislar tayyorlaş, raqamli texnologiyalarni joriy etiş hamda qöşma ilmiy tadqiqotlar ötkaziş sohalaridagi hamkorlikni kengaytirişga kelişib oldi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar bermoqda.

Onlayn muzokaralar Özbekiston elçixonasi kömagida taşkil etildi.

Unda FVV akademiyasi boşliği vazifasini bajaruvçi Furqat Nazarov hamda Zagreb universitetining Elektrotexnika va hisoblaş texnikasi fakulteti dekani, professor Vedran Bilas iştirok etdi.

Tomonlar akademik va ilmiy-ta’lim sohalaridagi hamkorlik istiqbollarini körib çiqdi. Jumladan, favqulodda vaziyatlarning oldini oliş va ularning oqibatlarini bartaraf etişda sun’iy intellekt, robototexnika hamda zamonaviy raqamli yeçimlardan foydalaniş masalalari muhokama qilindi.

Şuningdek, muzokaralar iştirokçilari muhim infratuzilma obyektlarini himoya qiliş va kiberxavfsizlikni ta’minlaş masalalariga ham töxtaldi.

Uçraşuv yakunlari böyiça Zagreb universiteti professor-öqituvçilarini FVV akademiyasining ta’lim jarayoniga jalb qiliş hamda özbekistonlik kursantlar uçun maxsus öquv kurslarini taşkil etiş böyiça kelişuvga erişildi.

Bundan taşqari, mutaxassislarning malakasini oşiriş tadbirlari va qöşma ilmiy-tadqiqot işlarini amalga oşiriş rejalaştirilmoqda.

Erişilgan kelişuvlarni amalga oşiriş uçun tomonlar mas’ul koordinatorlarni belgilaydi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.