Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekistonda internet orqali dori vositalarini sotişga qöşimça talablar joriy etilişi mumkin.
Soğliqni saqlaş vazirligi tegişli özgartirişlar loyihasini işlab çiqdi. Unga köra, masofaviy savdoga faqat retseptsiz beriladigan dori vositalari hamda vazirlik tomonidan tasdiqlangan röyxatga kiritilgan tibbiy buyumlar uçun ruxsat berilişi taklif etilmoqda. Hujjat jamoatçilik muhokamasiga qöyilgan.
Taklif etilayotgan özgarişlarga muvofiq, bunday mahsulotlarni masofadan sotiş bilan amaldagi litsenziyaga ega dorixonalar va ularning filiallari şuğullanişi mumkin böladi. Bunda savdo nuqtalarida buyurtmalarni topşiriş uçun maxsus joylar jihozlanişi kerak.
Internet orqali savdoni taşkil etiş uçun dorixonalar özlarining raqamli platformasi — veb-sayt yoki mobil ilovaga ega bölişi talab etiladi.
Boşqa variant sifatida marketpleys yoki buyurtmalar agregatori bilan maxsus şartnoma asosida hamkorlik qiliş imkoniyati ham nazarda tutilgan.
Loyihada sotuvçi onlayn platformada taqdim etişi şart bölgan ma’lumotlarga nisbatan talablar belgilangan. Xaridorlar dorixonaning yuridik nomi, STIRi, manzili, aloqa ma’lumotlari va litsenziyasi haqidagi axborotni tekşiriş imkoniyatiga ega bölişi kerak.
Dori vositalarining kartoçkalarida xalqaro patentlanmagan nomi, dozasi, qöllaş böyiça yöriqnomasi, yaroqlilik muddati, mavjudligi haqidagi ma’lumotlar va çakana narxi körsatilişi lozim. Şuningdek, savdo ustamasini körsatiş hamda dori vositalari va tibbiy buyumlarning mavjud muqobillari haqida ma’lumot taqdim etiş talab qilinadi.
Xaridni rasmiylaştirişdan oldin foydalanuvçilarga tölov va yetkazib beriş şartlari, jumladan, yetkazib beriş narxi hamda taxminiy muddatlari haqida ma’lumot berilişi kerak.
Özgartirişlarning alohida qismi buyurtmalarni taşiş tartibiga taalluqli. Yetkazib berişni dorixonalarning özi yoki ular jalb qilgan kompaniyalar amalga oşirişi mumkin. Ikkinçi holatda xizmatlar şartnoma asosida körsatilişi kerak. Foydalaniladigan transport vositalari muayyan tovarlar uçun belgilangan saqlaş şaroitlarini, jumladan, harorat va namlik darajasini ta’minlaydigan uskunalar bilan jihozlanişi lozim.
Dori vositalari uçun ularni taşqi ta’sirlardan himoya qiladigan qadoqlaş talab etiladi. Taşiş şaroitlari bir-biridan farq qiladigan preparatlarni ajratmasdan bitta umumiy idişga joylaştirişga yöl qöyilmaydi. Bunday dorilar uçun alohida qadoqlardan foydalaniş kerak böladi.
Buyurtma topşirilayotganda xaridor qadoqni közdan keçirişi va olingan tovarlarni rasmiylaştirilgan buyurtma bilan soliştirişi mumkin böladi. Agar mahsulot tarkibi buyurtmaga mos kelmasa yoki qadoq şikastlangan bölsa, xaridor kuryer orqali xariddan voz keçişi mumkin. Bunday holatda dorixonaga rad etiş haqidagi xabar avtomatik ravişda yuboriladi.
Agar muammo yetkazib beriş jarayoni yakunlanganidan keyin aniqlansa, xaridor onlayn platforma operatori orqali murojaat yuborişi mumkin böladi.
Murojaatda tovar nomi, seriya raqami, raqamli markirovka kodi va aniqlangan qoidabuzarlik xususiyati körsatilişi kerak. Operator olingan ma’lumotlarni dorixonaga yetkazişi şart böladi.
Loyihada kuryer yoki dorixona buyurtma beruvçi bilan boğlana olmagan holatlarda amal qilinişi lozim bölgan tartib ham nazarda tutilgan. Bunday vaziyatda xaridor buyurtmani özi rasmiylaştirgan dorixonadan uç kun içida mustaqil ravişda olib ketişi mumkin böladi.
Loyiha böyiça jamoatçilik muhokamasi 19 noyabrga qadar davom etadi.