Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Britiş American Tobacco (BAT) kompaniyasining 1994 yildan buyon Özbekiston iqtisodiyotiga kiritgan jami investitsiyalari 530 million dollardan oşdi.
Bu haqda kompaniyaning korporativ masalalar böyiça boş direktori Kingsli Uiton Özbekistonning elçisi Ravşan Usmonov bilan uçraşuvda ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” axborot agentligi.
Muzokaralar davomida BAT vakili Özbekiston bilan hamkorlik kompaniya uçun ustuvor ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi. Şuningdek, kompaniya mamlakatdagi investitsiya faoliyatini kengaytirişga va yangi istiqbolli loyihalarni birgalikda işlab çiqişga tayyorligini tasdiqladi.
Qayd etilişiça, 2021 yildan buyon BAT Uzbekistan mintaqaviy eksport xabi sifatida faoliyat yuritmoqda. 2025 yilda korxona tomonidan xomaşyo va tayyor mahsulotlar eksporti 95 million dollarga yetgan.
Uçraşuvda nikotin mahsulotlaridan voyaga yetmaganlar foydalanişining oldini oliş, mas’uliyatli yondaşuvlarni tarğib qiliş va uşbu sohada innovatsion yeçimlarni körib çiqiş masalalari ham alohida muhokama qilindi.
BAT Uzbekistan Özbekiston bozorida 1994 yildan buyon faoliyat yuritadi. Kompaniyada 1 ming nafardan ortiq xodim işlaydi va u mamlakatning yirik soliq tölovçilari qatoriga kiradi. 2025 yilda kompaniya davlat byudjetiga 3,2 trillion söm soliq tölagan. Xabarda ta’kidlanişiça, ötgan yili korxona töliq xususiylaştirilgan.
Britiş American Tobacco — dunyodagi eng yirik xalqaro tamaki kompaniyalaridan biri. U 1902 yilda taşkil etilgan bölib, boş qarorgohi Londonda joylaşgan. Kompaniya 170 dan ortiq mamlakatda faoliyat yuritadi va 48 mingdan ziyod kişini iş bilan ta’minlaydi. BAT kompaniyasining 2025 yildagi tuşumi 34 milliard dollarni taşkil etgan.
Uçraşuv yakunlari böyiça tomonlar özaro manfaatli hamkorlikni yana-da rivojlantiriş va yangi investitsiya imkoniyatlarini birgalikda işlab çiqişdan manfaatdor ekanliklarini tasdiqladi.