Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Namangan şahrida quvvati 630 kVA bölgan transformator örniga 1000 kVA quvvatga ega yangi transformator örnatildi.
Namangan hududiy elektr tarmoqlari filiali ma’lum qilişiça, işlar elektr ta’minoti işonçliligini oşiriş va kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik köriş maqsadida amalga oşirilmoqda.
Jumladan, TP-59 transformator punktida avvalgi 630 kVA quvvatli transformator örniga 1000 kVA quvvatga ega uskuna örnatildi.
Bundan taşqari, şaharda quvvati 1000 kVA bölgan yangi transformator punktlarini örnatiş işlari ham boşlandi.
Uşbu çora-tadbirlar elektr tarmoqlariga tuşadigan yuklamani kamaytiriş, elektr ta’minoti barqarorligini oşiriş va aholidan kelib tuşayotgan murojaatlarni öz vaqtida hal etişga qaratilgan.
Filial ma’lumotiga köra, modernizatsiya işlari iste’molçilarga elektr energiyasini yetkazib beriş sifati va barqarorligini yaxşilaş imkonini beradi.