Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston 2027–2036 yillarga möljallangan mikroelektronika va yarimötkazgiçlar sanoatini rivojlantiriş milliy strategiyasini tayyorlamoqda. Osiyo taraqqiyot banki (OTB) uşbu maqsadlar uçun 1,2 million AQŞ dollari miqdorida texnik yordam ajratişni ma’qulladi. Bu haqda Özbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabar berdi.
OTB mablağlari qanday taqsimlanadi?
Umumiy mablağning 1 million dollari bevosita strategiyani işlab çiqişga yönaltiriladi. Qolgan 200 ming dollar esa konsultantlarni jalb qiliş va kadrlar salohiyatini rivojlantiriş dasturini yölga qöyiş uçun ajratiladi.
Hujjatni tayyorlaş böyiça xalqaro konsalting kompaniyasini tanlaş tenderi 2026 yil 15 oktyabrda yakunlandi. Unda AQŞ, Singapur, Malayziya va Özbekistondan beşta kompaniya öz hujjatlarini taqdim etdi.
Strategiyani kimlar işlab çiqadi?
Strategiyani tayyorlaş jarayoniga xalqaro va mahalliy ekspertlar, jumladan, yarimötkazgiçlar sanoatida 25 yildan ortiq tajribaga ega mutaxassislar jalb qilinmoqda. Xalqaro konsultant sifatida amerikalik Glenn Kuiro (Glenn Quiro) iştirok etmoqda.
U yarimötkazgiçlar sohasida 25 yildan ortiq vaqtdan beri faoliyat yuritadi. Şundan 17 yilini Intel korporatsiyasida ötkazgan. Mutaxassis mikroelektron va yarimötkazgiç qurilmalar fizikasi hamda muhandisligiga ixtisoslaşgan.
Mahalliy konsultant — falsafa doktori (PhD) Oybek Abdulxayev (Oybek Abdulxayev). Uning yarimötkazgiçlar sohasidagi tajribasi 15 yildan ortiq bölib, elektronika va yarimötkazgiçlar fizikasiga ixtisoslaşgan.
Soha uçun kadrlar tayyorlaş
Kadrlar salohiyatini rivojlantiriş dasturi doirasida 300 nafar nomzod orasidan 50 nafar iştirokçi tanlab olindi. Ular uçun integral sxemalarni loyihalaş (IC Design) böyiça öquv kurslari taşkil etildi.
Malayziyadagi dastlabki stipendiya asosidagi tayyorlov kurslarida iştirok etiş uçun eng yaxşi natija körsatgan 20 nafar nomzod saralandi. Yana 20 nafar nomzod va öqituvçi ikki oy muddatga Janubiy Koreyaning Sunsil va Xoseo universitetlariga yuborilmoqda. Şuningdek, mutaxassislarni fabless kompaniyalarida amaliyot ötaşga yuboriş rejalaştirilgan.
Hindistonning NIELIT instituti bilan hamkorlikda “ToşTeç” texnika universiteti bazasida VLSI va yarimötkazgiç texnologiyalari böyiça bepul kiriş öquv dasturi taşkil etilmoqda. Dastur bakalavriat va magistratura talabalari, öqituvçilar, tadqiqotçilar, muhandislar hamda boşqa soha mutaxassislaridan iborat 100 nafar iştirokçiga möljallangan.
Ta’lim ikki yönalişda olib boriladi: IC Design — integral sxemalarni loyihalaş hamda APT — yarimötkazgiçlarni yiğiş, korpuslaş va sinovdan ötkaziş.
Davlat xizmatçilari uçun ta’lim dasturlari
Davlat organlari xodimlarining ham uşbu soha böyiça bilimlarini oşirişga e’tibor qaratilmoqda. 2025 yilda taşkil etilgan seminar-treningda 19 ta vazirlik va idoradan 43 nafar rahbar iştirok etdi.
2026 yilda Strategic Workşop Lab tadbirida 30 dan ortiq vazirlik, idora va taşkilotdan 50 nafardan ziyod rahbar va mas’ul xodim qatnaşdi.
2026 yil 30 sentyabrda ötkazilgan yana bir seminarda 10 dan ortiq vazirlik va idoradan 30 nafardan ziyod rahbar iştirok etdi.
Umuman olganda, qariyb 130 nafar davlat xizmatçisining yarimötkazgiçlar sohasidagi bilim va könikmalari oşirildi. Öquv dasturlari ta’lim, yarimötkazgiçlar qiymat zanjiri, davlat boşqaruvi va strategik qarorlar qabul qiliş masalalarini qamrab oldi.