Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — 2026 yil 1 noyabrdan boşlab Özbekistonda xususiy kompaniyalarga maxsus avtomatlaştirilgan foto va video tizimlar yordamida haydovçilarning xavfsizlik kamaridan foydalaniş qoidalarini buziş holatlarini qayd etiş huquqi beriladi.
Tegişli özgartirişlar Hukumatning 2021 yil 21 apreldagi 232-son qarori bilan tasdiqlangan hujjatga kiritildi.
Özbekistonda xavfsizlik kamaridan foydalaniş qoidalarini buziş holatlarini avtomatik qayd etiş vositalari avvaldan qöllanib kelinmoqda. Xavfsizlik kamarini taqmagan haydovçilarni aniqlaş uçun bunday tizimlar 2023 yil oktyabr oyida işlatila boşlangan.
2022 yil may oyidan amal qilayotgan Yöl harakati qoidalariga köra, haydovçi va old örindiqdagi yölovçilar harakat boşlanişidan oldin xavfsizlik kamarini taqişi şart. Biroq, oradan tört yarim yil ötgan bölsa-da, qonunçilikda xavfsizlik kamarini taqmagan yölovçilar uçun jarima hanuz nazarda tutilmagan.
Orqa örindiqdagi yölovçilarning xavfsizlik kamaridan foydalanişi, şuningdek, yetti yoşga tölmagan bolalar uçun maxsus avtokreslolar va 7 yoşdan 12 yoşgaça bölgan bolalar uçun uşlab turuvçi moslamalardan foydalaniş tavsiyaviy xususiyatga ega.
Yangi texnik talablarga köra, qoidabuzarliklarni avtomatik qayd etiş tizimlari belgilangan standartlarga muvofiq bölişi kerak. Uskunalar qayd etilgan har bir qoidabuzarlik haqidagi ma’lumotlarni «Ma’muriy amaliyot» moduliga yuborişi şart. Yuboriladigan ma’lumotlar qatoriga qurilmaning metrologik tekşiruvdan ötganligi töğrisidagi guvohnomaning raqami va amal qiliş muddati, qoidabuzarlik sodir etilgan sana va vaqt, şuningdek, hodisa joyining aniq koordinatalari kiradi.
Bundan taşqari, elektr ta’minotida uzilişlar yuz bergan taqdirda tizimlarni kamida sakkiz soat davomida işlatiş imkonini beradigan zaxira elektr manbai bilan jihozlaş talab etiladi.
Qoidabuzarlikni qayd etiş jarayonida olingan fotosuratlar yuqori sifatli bölişi kerak. Ularda haydovçining yuzini aniq köriş va uning xavfsizlik kamaridan foydalangan yoki foydalanmaganini aniqlaş imkoni bölişi lozim.