Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Sirdaryo va Toşkent viloyatlarida elektr energiyasini uzatiş tizimini rivojlantirişga qaratilgan yirik investitsiya loyihasi doirasida quriliş işlari yakunlandi.
Hozirgi vaqtda yangi obyektlarni Özbekistonning yagona elektr energetikasi tizimiga ulaş, ularni sozlaş hamda foydalanişga topşirişga tayyorlaş işlari olib borilmoqda.
Loyiha doirasida kuçlanişi 500 kV, quvvati 1602 MVA bölgan “Xalqa” podstansiyasi, şuningdek, 220 va 500 kV kuçlanişli havo elektr uzatiş liniyalari qurildi. 220 kV kuçlanişli liniyalarning uzunligi 213 km, 500 kV kuçlanişli liniyalarniki esa 72 kmni taşkil etdi. Şu tariqa, barpo etilgan tarmoq infratuzilmasining umumiy uzunligi 285 kmga yetdi.
Investitsiya loyihasining umumiy qiymati 171,4 mln dollarni taşkil etadi. Loyiha Jahon banki iştirokida amalga oşirildi.
Yangi infratuzilma milliy energetika tizimining elektr energiyasini uzatiş imkoniyatlarini kengaytiriş, elektr energiyasi oqimlarini taqsimlaş samaradorligini oşiriş va elektr tarmoqlarining yana-da barqaror işlaşini ta’minlaşga qaratilgan.
Loyihaning amalga oşirilişi, şuningdek, hududlarni işonçli elektr energiyasi bilan ta’minlaş, mavjud tarmoqlarga tuşadigan yuklamani maqbullaştiriş va kelgusida yangi elektr energiyasi işlab çiqariş quvvatlarini tarmoqqa ulaş uçun şaroit yaratadi.
Ayni paytda qurilgan obyektlarni Özbekistonning yagona elektr energetikasi tizimiga integratsiya qiliş böyiça yakuniy işlar davom etmoqda.