Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston va Xitoyning Çina Road and Bridge Corporation (CRBC) kompaniyasi «Ğuzor — Buxoro — Nukus — Beyneu» xalqaro avtomobil yöli — A380 trassasining texnik holatini diagnostikadan ötkaziş masalalarini muhokama qildi.
Muzokaralar Avtomobil yöllarining texnik holati va yöl harakati xavfsizligini tahlil qiliş markazida bölib ötdi.
Uçraşuvning asosiy mavzusi avtomobil yölining Buxoro viloyati hududidan ötuvçi qismining holatini baholaşdan iborat böldi. Iştirokçilar yöl qoplamasini diagnostika qiliş yondaşuvlari, ötkazilgan tekşiruvlar natijalari hamda xalqaro standartlarni hisobga olgan holda sifatni nazorat qiliş usullarini körib çiqdi.
Qayd etilişiça, A380 avtomobil yöli Xitoyning CRBC kompaniyasi tomonidan qurilgan. Kompaniya bilan hamkorlik texnik tajriba almaşiş va avtomobil yöllarining holatini xolis baholaş usullarini takomillaştirişga qaratilgan.
Tomonlar, şuningdek, yöl infratuzilmasi sohasidagi kelgusi hamkorlik va yöl harakati xavfsizligini ta’minlaş masalalarini muhokama qildi.