Özbekiston

Özbekiston va BMTTD COP31 da iqlim hamkorligini muhokama qiladi

Özbekiston va BMTTD COP31 da iqlim hamkorligini muhokama qiladi
Özbekiston va BMTTD COP31 da iqlim hamkorligini muhokama qiladi / Foto: COP31.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) —  Özbekiston va BMT Taraqqiyot dasturi (BMTTD) BMTning Iqlim özgarişi töğrisidagi doiraviy konvensiyasi tomonlarining 31-konferensiyasi (COP31) doirasida iqlim sohasidagi hamkorlikni rivojlantiriş hamda mamlakatning iqlim özgarişiga bardoşliligini oşirişga qaratilgan loyihalarga investitsiyalar jalb qiliş masalalarini muhokama qiladi.

«Özbekiston va BMTTDning strategik iqlim hamkorligi: majburiyatlardan investitsiyalar va barqarorlikni oşirişgaça» mavzusidagi tadbir 2026 yil 11 noyabr kuni Turkiyaning Antaliya şahridagi Özbekiston milliy pavilyonida bölib ötişi rejalaştirilgan.

Asosiy e’tibor Parij bitimi doirasidagi milliy iqlim majburiyatlarini, xususan, Özbekistonning uçinçi milliy darajada belgilangan hissasini (ONUV 3.0) amalga oşirişga qaratiladi. Şuningdek, iştirokçilar institutsional salohiyatni mustahkamlaş, iqlimni moliyalaştiriş mexanizmlarini rivojlantiriş va investitsiyalarni jalb qiliş imkoniga ega loyihalarni tayyorlaş masalalarini körib çiqadi.

Muhim mavzulardan biri Özbekistonning Yöqotişlar va zararlarga javob beriş jamğarmasi (FRLD) bilan hamkorlik qiliş taşabbusi böladi.

Bundan taşqari, mamlakatning BMTTD kömagida Climate BRIDGE taşabbusida dastlabki pilot mamlakatlardan biri sifatida iştirok etişi masalasini muhokama qiliş rejalaştirilgan.

Climate BRIDGE dasturi ONUV 3.0 doirasida belgilangan iqlim majburiyatlarini aniq investitsiya loyihalariga aylantiriş va tegişli loyihalar portfelini şakllantirişga qaratilgan.

Iştirokçilar iqlim özgarişiga moslaşiş böyiça Milliy rejalarni işlab çiqiş, şuningdek, eng zaif hududlar va jamoalar, jumladan, Orolböyi aholisining iqlim özgarişiga bardoşliligini oşiriş masalalariga ham alohida e’tibor qaratişni rejalaştirmoqda.

Tadbirda Özbekiston davlat organlari, BMTTD, xalqaro moliya institutlari va hamkor taşkilotlar vakillari iştirok etişi kutilmoqda.

Sessiya doirasida hamkorlikning erişilgan natijalari va ustuvor yönalişlari taqdim etiladi, FRLD orqali mablağ jalb qiliş imkoniyatlari hamda investitsiya loyihalarini tayyorlaşda Climate BRIDGE taşabbusidan foydalaniş istiqbollari muhokama qilinadi.

Uçraşuv natijasida hamkorlikning keyingi yönalişlari, iqlimni moliyalaştiriş mablağlarini safarbar etiş va Özbekistonning iqlim özgarişiga bardoşliligini oşirişga qaratilgan loyihalarni amalga oşiriş böyiça amaliy çora-tadbirlarni belgilaş imkoni yaratilişi kutilmoqda.

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.