Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Amerikaning PowerScape Global kompaniyasi Özbekiston bilan kömirni qayta işlaş sohasida hamkorlik qilişdan manfaatdor.
Bu haqda kompaniya vakillari 23 oktyabr kuni vazir örinbosari R. Yusupov bilan uçraşuvda ma’lum qildi. Delegatsiyaga PowerScape Global boş direktori Karl Mur boşçilik qildi. Bu haqda Özbekiston Toğ-kon sanoati va geologiya vazirligi xabar berdi.
Özbekiston tomoni mehmonlarga mamlakat kömir sanoatining bugungi holati va uni rivojlantiriş istiqbollari haqida ma’lumot berdi.
PowerScape Global vakillari esa kömir xomaşyosidan qöşilgan qiymati yuqori bölgan mahsulotlar işlab çiqariş imkonini beruvçi texnologik yeçimlarni taqdim etdi.