Iqtisod

Farğona va Minsk viloyatlari biznes-forumda 20 ga yaqin kelişuv imzoladi

Farğona va Minsk viloyatlari biznes-forumda 20 ga yaqin kelişuv imzoladi
Farğona va Minsk viloyatlari biznes-forumda 20 ga yaqin kelişuv imzoladi / Foto: Farğona viloyati hokimligi matbuot xizmati.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Minsk şahrida bölib ötgan biznes-forum va B2B formatidagi ikki tomonlama muzokaralarda Farğona va Minsk viloyatlari işbilarmon doiralarining 200 ga yaqin vakili iştirok etdi.

Uçraşuvlar yakunida tomonlar hamkorlik töğrisida 20 ga yaqin bitim va memorandum imzoladi.

Tadbirda Farğona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov iştirok etdi. Forum Belarus Savdo-sanoat palatasining Minsk bölimi hamda Minsk viloyati ijroiya qömitasi hamkorligida taşkil etildi.

«Minsk va Farğona viloyatlari: birgalikdagi ösiş strategiyasi» mavzusida ötkazilgan forumning oçiliş marosimida Farğona viloyati hokimining örinbosari Islom Madaminov va Minsk viloyati ijroiya qömitasi işlar boşqaruvçisi Aleksandr Logvin sözga çiqdi. Ular Özbekiston va Belarus örtasidagi hamkorlik rivojlanayotgani, hududlar örtasidagi amaliy aloqalar kengayib borayotganini ta’kidladi.

Iştirokçilarga Belarusdagi işbilarmonlik muhiti, Farğona viloyatining iqtisodiy va sanoat salohiyati, şuningdek, xorijiy investorlar uçun yaratilgan şart-şaroitlar va imtiyozlar haqida ma’lumot berildi.

Tadbirkorlar Farğona viloyatidagi erkin iqtisodiy zonalar va kiçik sanoat zonalarida qöşma loyihalarni amalga oşiriş imkoniyatlarini muhokama qildi. Sanoat kooperatsiyasi, avtomobilsozlik, töqimaçilik va yengil sanoat, qişloq xöjaligi hamda oziq-ovqat sanoati istiqbolli yönalişlar sifatida qayd etildi.

Forum doirasida ikki mamlakat işbilarmon doiralari vakillari örtasida töğridan-töğri muzokaralar ham bölib ötdi.

Imzolangan bitim va memorandumlar Farğona viloyati mahsulotlari eksportini kengaytiriş, Belarus texnologiyalari va investitsiyalarini jalb etiş, şuningdek, özaro mahsulot yetkazib berişni rivojlantirişni nazarda tutadi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.