Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — 2026 yil sentyabr oyida Soliq mobil ilovasi foydalanuvçilari eng köp «Anglesey Food» (Korzinka) kompaniyasining çeklarini röyxatdan ötkazgan.
Bir oy davomida kompaniyaning 6,7 mln ta çeki röyxatga olingan, keşbek summasi esa 8,86 mlrd sömni taşkil etgan. Bu haqda Özbekiston Respublikasi Soliq qömitasi xabar berdi.
Reytingda ikkinçi örinni 3,15 mln ta çek va 1,42 mlrd söm keşbek bilan «Xalq Retail» (Olma) egalladi. Uçinçi örindan «Havas Food» (Havas) joy oldi: kompaniyaning 2,31 mln ta çeki röyxatga olingan va 1,11 mlrd söm keşbek hisoblangan.
Kuçli beşlikni “Madina-Qandolat” va «Darvoza Savdo» (Makro) yakunladi. “Madina-Qandolat” çeklari böyiça 818 mingta çek röyxatga olinib, 813,7 mln söm keşbek hisoblangan. «Darvoza Savdo» çeklari esa 403,6 mingtani taşkil etgan, keşbek summasi 241,3 mln söm bölgan.
Reytingning oltinçi örnidan öninçi örnigaça «International Foodçain» (KFC) — 369,1 mingta çek va 399,6 mln söm keşbek, şuningdek, «Çeese Day» («Sirnaya lavka») — 338,8 mingta çek va 320,4 mln söm keşbek bilan joylaşdi.
«Çeese Day» reytingda bir poğona yuqoriladi. 337,7 mingta çek va 746 mln söm keşbek körsatkiçiga ega «Ung Petro» esa bir poğona pastladi.
«Assorti Discount Market» (Assorti) ikki poğona yuqorilab, 324,6 mingta çek va 163,5 mln söm keşbek bilan qayd etildi. «Best Quality Products» (Tegen) bir poğona pastlab, 308,6 mingta çek va 243,5 mln söm keşbek bilan reytingdagi örnini egalladi.
Ikkinçi öntalikda «Mak Food Servis» (EVOS) yetakçilik qilmoqda: kompaniya 305,8 mingta çek va 238,8 mln söm keşbek körsatkiçiga ega. Ötgan oyga nisbatan u bir poğona pastlagan. Keyingi örinlardan 303,3 mingta çek va 278,7 mln söm keşbek bilan «Grand Pharm Trade» (Grandpharm), 237,1 mingta çek va 705,1 mln söm keşbek bilan «Namangan Istiqlol Boği», 206,6 mingta çek va 185,7 mln söm keşbek bilan “Oqtepa-Food-Service” (Oqtepa Lavaş), şuningdek, 185,3 mingta çek va 169,3 mln söm keşbek bilan «Vaksina Healthcare» (Vaksina Med) joy olgan.
16-örinni 185,1 mingta çek va 166,3 mln söm keşbek bilan “Big-Family-Pharm” (Big Pharmacy) egalladi. 17-örindan esa 180,6 mingta çek va 192,6 mln söm keşbek körsatkiçi bilan «Sfera Vostok» (Magnum) joy oldi.
«City Pharm» ilk bor reytingga kirib, 137,8 mingta çek va 157,1 mln söm keşbek bilan 18-örinni egalladi. «7777 Pharm» bir poğona pastlab, 120,3 mingta çek va 226,7 mln söm keşbek bilan 19-örindan joy oldi. Kuçli yigirmatalikni esa bir poğona pastlagan «LPP CA» (LPP) yakunladi: kompaniyaning 84 mingta çeki röyxatga olingan va 193,6 mln söm keşbek hisoblangan.
Ma’lumotlar 2026 yil 29 oktyabr holatiga keltirilgan. Marketpleyslar orqali sotilgan tovarlar çeklari reytingda hisobga olinmagan.