Özbekiston

Farğonada tergovçi 100 ming dollar pora gumoni bilan uşlandi

Farğonada tergovçi 100 ming dollar pora gumoni bilan uşlandi
Farğonada tergovçi 100 ming dollar pora gumoni bilan uşlandi / Foto: Surat sun'iy intellekti tomonidan yaratilgan.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Farğona şahrida Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti şahar bölimi tergovçisi 100 ming dollar miqdorida pora olişda gumonlanib uşlandi. Bu haqda Özbekiston Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Tezkor tadbir DXX xodimlari tomonidan Boş prokuraturaning Şaxsiy xavfsizlik boşqarmasi bilan hamkorlikda ötkazildi.

Idora ma’lumotlariga köra, tergovçi özlaştiriş yoki rastrata yöli bilan talon-toroj qiliş (Jinoyat kodeksining 167-moddasi) bilan boğliq jinoyat işi böyiça tergov harakatlari natijalariga ta’sir körsatişni va’da qilgan. Jumladan, u ayblanuvçi foydasiga qarorlar qabul qilinişiga erişiş, yetkazilgan zarar miqdorini kamaytiriş va avval e’lon qilingan qidiruvni bekor qilişni közlagan.

Uşlangan şaxsga nisbatan Özbekiston Jinoyat kodeksining 210-moddasi uçinçi qismi “a” bandi — öta köp miqdorda pora oliş böyiça jinoyat işi qözğatilgan.

Ayni paytda tergov harakatlari davom etmoqda.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.