7
O‘zbekiston

O‘zbekistonda taʼlim vazirining uch nafar o‘rinbosari tayinlandi

O‘zbekistonda taʼlim vazirining uch nafar o‘rinbosari tayinlandi
O‘zbekistonda taʼlim vazirining uch nafar o‘rinbosari tayinlandi / Foto: O'zbekiston Prezidenti Matbuot xizmati.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekistonda Taʼlim va fan vazirligining uch nafar rahbar xodimi tayinlandi. Oybek Yuldashev vazirning birinchi o‘rinbosari, Mehriniso Pardayeva va Sanjar Mirzaliyev esa vazir o‘rinbosarlari lavozimlarini egalladi. / Foto: O‘zbekiston Prezidenti matbuot xizmati.

Kadrlar bo‘yicha qarorlar prezidentning tegishli qarorlari bilan qabul qilindi. Bu haqda Taʼlim va fan vazirligi xabar berdi.

Tayinlovga qadar Oybek Yuldashev PwC Uzbekistan kompaniyasida davlat sektori, infratuzilma va ESG masalalari bo‘yicha konsalting amaliyoti direktori lavozimida ishlagan.

Mehriniso Pardayeva yangi lavozimga tayinlanguniga qadar Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi boshqarmasini boshqargan.

Sanjar Mirzaliyev esa avval Belarus–O‘zbekiston qo‘shma tarmoqlararo amaliy texnik malaka instituti ijrochi direktori lavozimida faoliyat yuritgan.

Yangi Taʼlim va fan vazirligi taʼlim tizimidagi islohotlar doirasida tashkil etildi. Prezidentning 2026 yil 3 oktyabrdagi PF-213-son farmoniga muvofiq, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi yagona tuzilmaga birlashtirildi.

Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov avvalroq tushuntirishicha, ushbu o‘zgarishlar taʼlimni boshqarish yondashuvlarini qayta ko‘rib chiqish, o‘quv jarayonini tashkil etish va uning sifatini taʼminlash bo‘yicha vakolatlarni ajratishni nazarda tutadi.

Taʼlim va fan vazirligi maktabgacha taʼlim tashkilotlari, maktablar, professional taʼlim muassasalari va oliy taʼlim tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtiradi.

Vazirlik vakolatlariga ushbu tashkilotlarning joriy faoliyatini taʼminlash, taʼlim faoliyatiga qo‘yiladigan talablarni belgilash, shuningdek, akkreditatsiya va litsenziyalash jarayonlarini amalga oshirish kiradi.

 

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.