O‘zbekiston

Toshkent viloyatida 13,9 mlrd so‘mlik mablag‘ o‘zlashtirilishi aniqlandi

Toshkent viloyatida 13,9 mlrd so‘mlik mablag‘ o‘zlashtirilishi aniqlandi
Toshkent viloyatida 13,9 mlrd so‘mlik mablag‘ o‘zlashtirilishi aniqlandi / Foto: UzDaily.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Toshkent viloyatining Nurafshon shahrida tozalash inshootlarini qurish jarayonida 13,9 milliard so‘m byudjet mablag‘larining o‘zlashtirilishi aniqlandi. Bu haqda O‘zbekiston Bosh prokuraturasi huzuridagi Departament bo‘linmasi xabar berdi.

Idora maʼlumotlariga ko‘ra, tekshiruv Departamentning Zangiota tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan.

Tekshiruv davomida Suv taʼminoti va kanalizatsiya obyektlarini qurish bo‘yicha davlat injiniring kompaniyasining Toshkent hududiy boshqarmasi hamda Toshkent viloyati “Suvoqova” davlat unitar korxonasi o‘rtasidagi shartnoma ijrosi jarayonida soxta hujjatlar rasmiylashtirilgani aniqlangan.

Hujjatlarga ko‘ra, bajarilgan qurilish ishlarining qiymati 87,2 milliard so‘mni tashkil etgan. Biroq amalda bajarilgan ishlar hajmi 73,3 milliard so‘mga baholangan. Tekshiruv maʼlumotlariga ko‘ra, o‘rtadagi 13,9 milliard so‘mlik farq o‘zlashtirilgan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tergov harakatlari davom etmoqda.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.