O‘zbekiston

Oqil Hasanov yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi

Oqil Hasanov yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi
Oqil Hasanov yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi / Foto: Namangan viloyat hokimligi matbuot xizmati.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Oqil Hasanov Namangan viloyati yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. Bu haqda Namangan viloyati hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Oqil Hasanov 1989 yilda Namangan shahrida tug‘ilgan. 2011 yilda O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini Namangan viloyati hokimligida tashkiliy-nazorat guruhi mutaxassisi lavozimida boshlagan. Keyinchalik xalq taʼlimi tizimi, yoshlar siyosati sohasi, shuningdek, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar yo‘nalishida rahbarlik lavozimlarida ishlagan.

Jumladan, Hasanov Davlatobod tumani hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlanish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Yangi lavozimga tayinlanguniga qadar u Namangan viloyati hokimligining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha kotibiyatiga rahbarlik qilgan.

Tayinlov O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktori tegishli buyrug‘i asosida amalga oshirildi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.