Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Hindiston qirğoqlari yaqinida joylaşgan AQŞning USS George Waşington atom aviataşuvçi kemasiga taşrif buyurdi. Bu haqda u 22 noyabr kuni özining Telegram kanalida ma’lum qildi.
Taşrifga oid fotosuratlar 20 noyabr kuni aviataşuvçi kemasining Instagram sahifasida e’lon qilingan. Kemada Mirziyoyevani AQŞning Hindistondagi elçisi va AQŞ prezidentining Janubiy hamda Markaziy Osiyo böyiça maxsus vakili Serdjio Gor kutib olgan.
Saida Mirziyoyeva va Serdjio Gor Amerika–Özbekiston biznes va investitsiyalar kengaşining hamraislari hisoblanadi.
«Uşbu ulkan kema qanday tuzilganini köriş, uning hayratlanarli texnologiyalari va ekipajning kundalik hayoti bilan tanişiş qiziqarli böldi», deb yozdi Özbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari.
Taşrif buyuruvçilar, jumladan, boşqa mamlakatlar vakillari uçun atom aviataşuvçi kemasi hamda AQŞ harbiy-havo kuçlarining imkoniyatlari namoyiş etildi.
USS George Waşington aviataşuvçi kemasi AQŞning birinçi prezidenti şarafiga nomlangan. Kema 1990 yil 21 iyul kuni suvga tuşirilgan. Uning uzunligi 333 metr, eni 76,8 metr, palubasi maydoni esa 18 ming kvadrat metrni taşkil etadi.
Avianossda taxminan 90 ta samolyot va vertolyot joylaştirilişi mumkin.