Özbekiston

Hadson institutida Özbekiston–AQŞ şerikligini mustahkamlaş istiqbollari muhokama qilindi

Hadson institutida Özbekiston–AQŞ şerikligini mustahkamlaş istiqbollari muhokama qilindi
Hadson institutida Özbekiston–AQŞ şerikligini mustahkamlaş istiqbollari muhokama qilindi / Foto: SMTI.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 19-noyabr kuni Vaşington şahridagi Hadson institutida “Yangi Özbekiston va Özbekiston–AQŞ strategik aloqalari” mavzusida davra suhbati bölib ötdi.

Ma’lumot uçun: Hadson instituti — 1961-yilda taşkil etilgan, boş qarorgohi Vaşingtonda joylaşgan AQŞning nufuzli tahlil markazi. Milliy xavfsizlik, taşqi va içki siyosat, iqtisodiyot, texnologiyalar hamda huquq sohalaridagi tadqiqotlarga ixtisoslaşgan.

Tadbirda Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinçi örinbosari Sodiq Safoyev va Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori Eldor Aripovdan iborat Özbekiston delegatsiyasi iştirok etdi. AQŞ tomonidan yetakçi tahlil markazlari vakillari va Davlat departamenti xodimlari qatnaşdi.

Ikki tomonlama şeriklikni mustahkamlaş, sanoat va texnologiya sohalaridagi hamkorlikni kengaytiriş, şuningdek, mintaqaviy xavfsizlik masalalari böyiça hamkorlik istiqbollari diqqat markazida böldi.

  Hadson instituti prezidenti Jon Uolters kiriş sözida AQŞning Markaziy Osiyoga qiziqişi ortib borayotganini qayd etdi. U AQŞ davlat kotibi Marko Rubioning joriy yil oktabr oyida Samarqandga taşrifi va u yerda bölib ötgan “C5+1” formatidagi uçraşuvni buning yaqqol tasdiği sifatida körsatdi. J. Uolters Özbekiston bilan erişilgan kelişuvlar kölamini ham yuqori baholab, umumiy qiymati 12 milliard dollarlik bitimlar töplamini alohida ta’kidladi.

 

Hamkorlikning amaliy yönalişlarini muhokama qiliş çoğida iştirokçilar sanoat va texnologik kooperatsiyaga, jumladan, muhim minerallar sohasidagi hamkorlikka alohida e’tibor qaratdilar. Qiymat yaratiş zanjirining barça bosqiçlarida — geologiya-qidiruv va qazib olişdan tortib, qayta işlaş va işlab çiqarişgaça, şuningdek, ilmiy tadqiqotlar va kadrlar tayyorlaş sohalarida hamkorlikni kengaytiriş zarurligi qayd etildi.

Iqtisodiy hamkorlik mavzusini davom ettirib, E.Aripov maşinasozlik, energetika, qişloq xöjaligi va moliya sohalaridagi hamkorlik istiqbollarini qayd etdi. Uning ta’kidlaşiça, AQŞ mahsulotlarini xarid qilişdan uzoq muddatli investitsiyalar, qöşma işlab çiqariş va qöşilgan qiymat yaratişga ötiş ikki tomonlama şeriklikning barqarorligini ta’minlaşga xizmat qilişi mumkin.

 E. Aripov transport jihatidan özaro boğliqlikni rivojlantirişni ham ustuvor yönalişlardan biri sifatida qayd etdi. Ekspert “Xitoy–Qirğiziston–Özbekiston” temir yöli, Transkaspiy yölagi va Transafğon temir yöli loyihasining xalqaro bozorlarga çiqiş imkoniyatlarini kengaytiriş hamda yetkazib beriş zanjirlarini diversifikatsiya qilişdagi salohiyatini ta’kidladi. Uşbu yönalişlarning oçiq va foydalaniş uçun qulay bölişi, şuningdek, ulardan foydalaniş şartlarining oldindan ma’lum bölişi Markaziy Osiyo davlatlari hamda AQŞning uzoq muddatli iqtisodiy manfaatlariga mos kelişi ta’kidlandi.

Mintaqaviy xavfsizlik muhokamaning alohida mavzusi böldi. Iştirokçilar terrorizmga qarşi kuraşiş hamda Afğonistonni iqtisodiy rivojlantiriş va mintaqaviy aloqalar tizimiga integratsiya qiliş orqali uşbu mamlakatda vaziyatni barqarorlaştirişga kömaklaşiş masalalariga alohida e’tibor qaratdilar.

Davra suhbati yakunida iştirokçilar Özbekiston–AQŞ muloqotini yanada rivojlantiriş, özaro anglaşuvni mustahkamlaş va tomonlarni qiziqtirgan yönalişlarda amaliy hamkorlikni kengaytiriş muhimligini ta’kidladilar.

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.