Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Turkiyada firibgarlikda gumon qilinib, xalqaro qidiruvga berilgan Özbekiston fuqarosi uşlandi va mamlakatga qaytarildi.
Operatsiya ikki davlat içki işlar vazirliklari kömagida ötkazildi. Bu haqda Özbekistonning Istanbul şahridagi Boş konsulxonasi xabar berdi.
Diplomatik vakolatxona ma’lumotlariga köra, uşlangan şaxs 1991 yilda tuğilgan M. N. bölib, u fuqarolarning işonçiga kirib, ular bilan birgalikda biznes yuritiş bahonasida yirik miqdordagi pul mablağlarini qölga kiritganlikda gumon qilinmoqda.
Uşbu holat yuzasidan Özbekiston Jinoyat kodeksining firibgarlik uçun javobgarlikni nazarda tutuvçi 168-moddasi uçinçi qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Özbekiston va Turkiya huquqni muhofaza qiluvçi organlari boşqa qidiruvdagi şaxslarning qayerdaligini aniqlaş, ularni qölga oliş va Özbekistonga qaytariş böyiça hamkorlikni davom ettirmoqda.
Boş konsulxonada ta’kidlanişiça, odil sudlovdan qoçiş maqsadida xorijda böliş jinoiy javobgarlikdan ozod qilmaydi.