O‘zbekiston

Özbekiston iqlim özgarişiga moslaşiş uçun 103,7 mln yevro oladi

Özbekiston iqlim özgarişiga moslaşiş uçun 103,7 mln yevro oladi
Özbekiston iqlim özgarişiga moslaşiş uçun 103,7 mln yevro oladi / Foto: Özbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasi.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston ekotizimlarni tiklaş va iqlim özgarişi oqibatlariga moslaşişga qaratilgan «Markaziy Osiyoda iqlim özgarişiga çidamli landşaftlar» (CLiCA) mintaqaviy dasturi doirasida 103,7 mln yevro oladi. Dasturning umumiy qiymati 264,4 mln yevroni taşkil etadi.

Dastur Yaşil iqlim jamğarmasi (Green Climate Fund, GCF) Kengaşi tomonidan ma’qullandi. U Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) tomonidan Özbekiston, Qirğiziston va Tojikiston bilan hamkorlikda işlab çiqilgan. Özbekiston tomonidan dastur işlarini Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasi huzuridagi Iqlim özgarişi milliy markazi muvofiqlaştirgan.

Özbekistonga ajratiladigan mablağlarni örmonlar va yaylovlarni tiklaş, qişloq xöjaligida iqlim özgarişiga çidamli texnologiyalarni joriy etiş hamda fermerlarning iqlim xavflariga moslaşiş uçun moliyaviy vositalardan foydalaniş imkoniyatlarini kengaytirişga yönaltiriş rejalaştirilgan.

Kutilayotgan natijalarga köra, dastur Özbekistondagi 342 ming nafar aholining iqlim xavflariga çidamliligini oşirişga xizmat qiladi. Ularning qariyb yarmini ayollar taşkil etadi. Örmonlar, yaylovlar va qişloq xöjaligi yerlarining 164 ming gektarida iqlim özgarişiga çidamli boşqaruv usullarini joriy etiş rejalaştirilgan.

Şuningdek, issiqxona gazlari çiqindilarini kamaytiriş va ularning yutilişini oşiriş orqali CO₂ ekvivalentida 1,07 mln tonna natijaga erişiş kutilmoqda.

CLiCA dasturi Markaziy Osiyo mamlakatlarining umumiy iqlim va ekologik muammolarni hal etiş borasidagi sa’y-harakatlarini birlaştirişga qaratilgan. Uning ustuvor yönalişlari tabiiy ekotizimlarni saqlaş, yer resurslaridan barqaror foydalaniş va iqlim özgarişi oqibatlariga eng zaif mahalliy jamoalarni qöllab-quvvatlaşdan iborat böladi.

GIZ ma’lum qilişiça, dasturning ma’qullanişi mintaqa jamoalari va landşaftlarining iqlim özgarişiga çidamliligini oşiriş yölidagi muhim qadam böldi.

Taşkilot Özbekiston, Qirğiziston va Tojikistondagi hamkorlari bilan birgalikda aholi va atrof-muhit uçun uzoq muddatli natijalarga erişişni maqsad qilgan.

CLiCA dasturini amalga oşiriş, şuningdek, Özbekistonning iqlim sohasidagi ustuvor vazifalari, jumladan, degradatsiyaga uçragan yerlarni tiklaş, tabiiy resurslardan oqilona foydalaniş va iqlim özgarişiga çidamli qişloq xöjaligini rivojlantirişga ham xizmat qiladi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.